18 yoshlilar chempioatining 13-tur o‘yinlari qiziqarli, kutilmagan natijalarga boy bo‘ldi. Turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda borayotgan “Paxtakor” o‘z maydonida “Turon”ga imkoniyatni boy berdi. “Turon” uch pog‘ona yuqorilashga erishdi. “Andijon” ham o‘z maydonida “Nasaf”dan engildi. Sakkizta uchrashuvning teng yarmida durang natija qayd etildi. Ayniqsa, ikkita to‘p farqida oldinda borayotgan “Bunyodkor” uchrashuvning so‘nggi besh-olti daqiqasida “Olimpik”ka ikkita gol o‘tkazib yubordi. Vaholanki, “qaldirg‘ochlar” hisobni saqlab qolganlarida ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib olishlari hech gap emasdi.
U-18 Chempionati.
13-tur. 31 avgust, seshanba
DINAMO – SURXON – 3:1 (1:0)
Samarqand. BO‘FM maydoni.
Hakamlar: Sherzod Kamarov, Aziz Axtamov, Jasur Shodiev
Nazoratchi: Xushvaqt Muxtorov
Komissar: Alisher Ahmedov
Gollar: Akmal Kozimov (13), Javlonbek Malikov (88) – Abdug‘appor Haydarov (53), Shohjahon Zaripov (72-o‘z darv.)
Ogohlantirishlar: Vohidjon Oqbo‘taev (54) – Shohjahon Zaripov (73), Botir Ro‘ziev (90+1).
ShO‘RTAN – AGMK – 1:1 (1:0)
G‘uzor. BO‘SM maydoni.
Hakamlar: Nayim Qosimov, Farhod Usmonov, Daler Bozorov
Nazoratchi: O‘ktam Qurbonnazarov
Komissar: Elbek Jo‘raev
Gollar: Xolmurod Murodov (27) – Islom To‘raxonov (60)
Ogohlantirishlar: Asilbek Murodullaev (17), Azizbek Rashidov (63), Diyorbek Hamroev (78) – Bexruz Jumaev (61).
BUNYoDKOR – OLIMPIK – 3:3 (2:1)
Toshkent. “Bunyodkor” akademiyasi maydoni.
Hakamlar: Nikita Afinogenov, Rustam Tog‘aev, Saidaxror Saidahmadov
Nazoratchi: Marat Ismoilov
Komissar: Oybek Yunusov
Gollar:Aziz Odilov (41), Kirill Volnuxin (45+2), Ibrohim Bahodirov (67-pen.) – Abdurahmon Abduqayumov (26), Sulaymon Allaberganov (81), Usmon Ikromov (82)
Ogohlantirishlar: Shoa’zam Yusupov (21), Muhammad Bobur Asadullaev (84) – Islom Hakimov (36).
METALLURG – YaNGIER – 2:2 (2:1)
Bekobod. “Tsementchi” maydoni.
Hakamlar: Abdullaxo‘ja Saidov, Sardor Hasanboev, Artem Snetkov
Nazoratchi: Andrey Snetkov
Komissar: Feruzbek G‘aniev
Gollar: Jamshid Sultonov (12), Firdavs Gadoev (24) – Otabek Ikromov (8-pen.), Elchin Allaberdiev (68)
Ogohlantirishlar: Ro‘ziboy Fayzullaev (19), Abdujabbor Ma’rufaliev (68, murabbiy), Gabit Sapargaliev (76, bosh murabbiy), Kamronjon Muratov (80), Firdavs Gadoev (90+4) - Bekjon Jo‘raboev (34), Muhammadali Fayzullaev (77, murabbiy), Jasurbek Ibrohimov (78), Elchin Allaberdiev (80).
BUXORO – QIZILQUM – 5:2 (2:1)
Buxoro. “Umid” stadioni.
Hakamlar: Shuhrat Rajabov, Husniddin Shodmonov, Habibjon Qodirov
Nazoratchi: Bobir Qodirov
Komissar: samandar Ibragimov
Gollar: Javohir Ro‘ziev (26), Farruh Ibodov (35), Bexruz Bahodirov (48-pen., 50), Firdavs Xikmatov (82) – Azizjon Axrorov (18, 56)
Ogohlantirish: Yo‘q – Azimjon Nayimov (65).
PAXTAKOR – TURON – 1:2 (1:1)
Qibray. “Qibray” stadioni.
Hakamlar: Sardor Ismatullaev, Shohruh Maqsudov, Adham Rixsiboev
Nazoratchi: Andrey Klepikov
Komissar: Ravshan Mavlonov
Gollar: Rian Islomov (35) - Muhammadjafar Usmonov (25-pen., 66)
Ogohlantirishlar: Kirill Todorov (52) – Otabek Ageev (86).
QO‘QON-1912 – SO‘G‘DIYoNA – 1:1 (0:1)
Qo‘qon. 2-BO‘SM maydoni.
Hakamlar: Shohruh A’zamov, Azizbek Isoqov, Shohruh Shokirov
Nazoratchi: Erkinjon Oripov
Komissar: Ravshan Mirzakarimov
Gollar: Muhammaddiyor Inomjonov (53) – Begzod Xoliqulov (21)
Ogohlantirishlar: Ismoiljon Matfozilov (57) – Bahodirjon Suyarqulov (73).
ANDIJON – NASAF – 1:2 (0:0)
Andijon. “Futbol mahorat maktabi” maydoni.
Hakamlar: Alisher To‘xtasinov, Abdulhamid Abduraimov, Farruh Bekmurodov
Nazoratchi: Toir Nizomov
Komissar: Azizbek Isamiddinov
Gollar: Asilbek Aysarov (79) – Zafar Hakimov (68), Og‘abek Asadov (83)
Amalga oshirilmagan penalti: Oyatillo Obidjonov (2, “Andijon”)
Ogohlantirishlar: Oyatillo Obidjonov (90+4) - Aziz Xolmurodov (8), Javohir Otamurodov (20), Zafar Hakimov (84), Humoyunshoh Sayyotov (89).
Chetlatish: Samariddin Sirojiddinov, Feruzbek Zoirov (ikkalasi ham o‘yindan keyin, ikkalasi ham “Nasaf”dan).