Ayollar. Oliy ligasi. “So‘g‘diyona” “taxtni” qaytarib oldi

Ayollar futboli bo‘yicha Oliy liganing 14-turi nihoyasiga etdi. Bugun tur doirasida o‘tkazilgan ikki bahsning birida mehmonlar, ikkinchisida mezbonlar g‘alaba qozonishdi.  “Navbahor”ni qabul qilgan “Qizilqum” o‘z uyida imkoniyatni boy berib, autsayderlik “lavozimini” saqlab qoldi. Ikkinchi o‘yinda mezbon “So‘g‘diyona” “Lokomotiv” jamoasini “ayab” o‘tirmadi – jaovbsiz to‘qqizta gol urdi. Gollarning to‘rttasini Alberta Ahialiy kiritdi. Mazkur g‘alabadan keyin jizzaxliklar bir kunlik peshqadam “Bunyodkor”dan yana “taxtni” qaytarib oldi.

 

Ayollar Oliy ligasi. 14-tur

31 avgust, seshanba

 

QIZILQUM - W – NAVBAHOR-W – 1:3 (1:2)  

Navoiy. “Yoshlik” stadioni.

Hakamlar: Anna Sidorova, Quvondiq Duschanov, Jasur Turg‘unboev

Nazoratchi: Irina Kutsillo

Komissar: Nigora Abidova

Gollar: Albina Boboqulova (29) – Tojiiso Rashidova (17), Nilufar Dadajonova (44, 54)

“Qizilqum”: Shaxnoza Karimova, Zarina Boboeva (Feruzaxon Jo‘raboeva, 59), Albina Boboqulova, Shaxzoda Jamolova, Oygul Yoqubova, Madina Kamoltoeva (Maftuna Jo‘raeva, 35), Omadoy Mingboeva, Chiroygul Dehqonova, Gulchiroy Ibrohimova, Farichehra Abduvohidova (Baxtishod To‘xtaeva, 46), Dilafruz Toshpo‘latova

“Navbahor”: Hurmatoy Kamolxo‘jaeva, Nilufar Dadajonova (Muharram Abdullaeva, 90+4), Zarina Xo‘jaeva, Tojiniso Rashidova (Nargiza Abdurasulova, 81), Sarvinoz Komiljonova, Muqaddam Abdullaeva, Mavluda Munavvarova, Marxabo Jo‘raboeva, Shohida Ergasheva (Sohiba Meliboeva, 79), Gulnor Davronova, Zuhraxon Abdurahimova

Ogohlantirishlar: Dilafruz Toshpo‘latova (27), Feruzaxon Jo‘raboeva (62), Gulchiroy Ibrohimova (90+3) – Marxabo Jo‘raboeva (28), Tojiniso Rashidova (45).

 

SO‘G‘DIYoNA – LOKOMOTIV – 9:0 (2:0)

Jizzax. “So‘g‘diyona” qarorgohi maydoni.

Hakamlar: Xushnud Suyunboev, Gulshoda Saitqulova, Laylo Jalolova

Nazoratchi: Islom Rahimov

Komissar: Yuliya Panina

Gollar: Nafisa Nabiqulova (40), Maxliyo Sariqova (43, 49), Alberta Ahialiy (53, 55, 64, 73), Fuseina Mumuni (70, 86)

“So‘g‘diyona”: Nozima Hasanova (Darya Telesheva, 72), O‘g‘iloy Qo‘chqorova (Yulduz Shodieva, 60), Nasiba Xojieva (Iroda Turdalieva, 53), Nafisa Nabiqulova, Rosacharne Periale, Maxliyo Sariqova, Fuseina Mumuni, Xolida Dadaboeva (Tanzilya Zarbieva, 53), E’zoza Sharipova, Zarina Mamatkarimova (Maxliyo Nazarqulova, 60), Alberta Ahialiy

“Lokomotiv”: kamila Yumangulova, Zebiniso Xalimova, Gulzoda Saidova (Dinora Xudoynazarova, Fazilat Bahromova (Laylo Tosheva, 69), Jesika Kruchinina (Elmira Baxitova, 79), Nodira Iskandarova, Oysara Suyunova, Jasmina Abdug‘anieva, Omadxon Sultonova, Dinora Payziqulova (Noila Yo‘ldosheva, 69)

Ogohlantirishlar: Iroda Turdalieva (88) – Zebiniso Xalimova (66).  

mib
uzcard
cola
apex
bmb