
16 yoshlilar musobaqasining 7-tur doirasidagi navbatdagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Navoiyga safar uyushtirgan “Aral Samali” jamoasi maydon egalarini yirik – 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan holda “E” guruhida 13 ochko bilan yakka peshqadamlik qilyapti. Uning eng yaqin ta’qibchilari “Xorazm” va “Qizilqum” jamoalari atigi 4 ochkodan to‘plagan, “Buxoro”da esa ko‘rsatkich bor-yo‘g‘i 1 ochko. Bugun shuningdek, Yaypan shahrida “Turon” va “Andijon” jamoalari ham o‘zaro kuch sinashdi. Va bu o‘yinda ham mehmonlarning yirik hisobdagi g‘alabasi kuzatildi. Nukusliklar kabi andijonliklar ham “A” guruhida mag‘lubiyatsiz 13 ochko to‘plab, birinchi o‘rinni egallab turibdi. “Navbahor” 12 ochkoga ega. “Turon” 8, “Qo‘qon-1912” esa 7 ochko to‘plagan. Autsayder “Neftchi”da ko‘rsatkich “0”.
Ayollar futboli. U-16.
7-tur. 30-31 avgust
QIZILQUM –ARAL SAMALI – 0:5 (0:2)
Navoiy. “Yoshlik” stadioni.
Hakamlar: Obid Jumaev, Azizjon Ergashev, Baxtinur Xolmatov
Nazoratchi: Rustam Bobomurodov
Komissar: Ixtiyor Nurullaev
Gollar: Shaxzoda Eshmurodova (13-o‘z darv.) - Gulruh Ozodboeva (11, 35), Zuhra Matyoqubova (49), Muxlisa Qosimova (52)
Ogohlantirishlar: Yo‘q – Dilnura Tojimurodova (20), Ruhshona Po‘latova (41), Sevinch Sheripbaeva (60).
TURON - ANDIJON – 0:3 (0:1)
Yaypan. “O‘zbekiston” stadioni zaxira maydoni.
Hakamlar: Abubakr Hasanov, Muhammadali Nurmatov, Sardor Uzoqov
Nazoratchi: Erkinjon Oripov
Komissar: Ravshan Mirzakarimov
Gollar: Farangiz Ubaydullaeva (15), Gulchiroy Abdumuxtorova (32), Baxtigul Mingboeva (44)
Ogohlantirishlar: Sabina Abxalikova (25) – O‘g‘iloy Jumaboeva (37).