
Ayollar futboli bo‘yicha 16-yoshlilar musobaqasida 7-tur doirasidagi to‘rtta o‘yin o‘tkazildi. Qizig‘i, to‘rtala uchrashuvda ham mehmonlar mezbonlarni mag‘lub etishdi. Ayniqsa, “Qo‘qon-1912” va “Sevinch” jamoalari mezbon raqiblari darvozasiga beshtadan ko‘p gol urishdi. “Lokomotiv” esa maydon egasi “Paxtakor” darvozasiga javobsiz uchta to‘p kiritishdi, vaholanki, “Paxtakor” a’zolarida ikki marotaba penaltidan gol urish imkoniyati bo‘lgandi, “lotoreya”dan foydalana olmadi. Samarqandga tashrif buyurgan “Dinamo” mezbonlarni 2:1 hisobida mag‘lub etib, guruhda yakka peshqadamlik qilyapti.
Ayollar futboli. U-16.
7-tur. 28 avgust, dushanba
NEFTChI – QO‘QON-1912 – 0:7 (0:2)
Farg‘ona. “Neftchi BO‘FM” maydoni.
Hakamlar: Esajon Fozilov, Maqsadjon Esonjonov, Mixvariddin Abdusalomov
Nazoratchi: Anvar O‘rinov
Komissar: Shohruhbek A’zamov
Gollar: Moxlaroy Mahmudova (15), Gulnoza Hamdamov (24, 34, 49, 59), Sadoqat G‘anijonova (44), Munisxon Usmonalieva (56)
Ogohlantirish: Yo‘q – yo‘q.
MASh’AL – SEVINCh – 0:5 (0:2)
Muborak. “B.Vafoev” nomli stadion kichik maydoni.
Hakamlar: Xusnora Jumaeva, Zilola Rahmatova, Daler Bozorov
Nazoratchi: O‘ktam Qurbonnazarov
Komissar: Elbek Jo‘raev
Gollar: Kseniya Buntina (19), Zarina Norboeva (22), Setora Toshtemirova (33), Sevinch Boylieva (47, 55)
Ogohlantirish: Yo‘q – Sevinch Boylieva (33).
PAXTAKOR – LOKOMOTIV – 0:3 (0:0)
Toshkent. “Paxtakor” akademiyasi maydoni.
Hakamlar: Daniil Yatsenko, Aleksandra Konchikova, Asadbek Tursunov
Nazoratchi: Marat Ismoilov
Komissar: Ravshan Mavlonov
Gollar: Nilufar Nurmuhammedova (45), Shaxnoza Dekanbaeva (46), Noila Yo‘ldosheva (50).
Amalga oshirilmagan penalti: Ekaterina Tsoy (32), Mariya Suvorova (53) – yo‘q.
SO‘G‘DIYoNA – DINAMO – 1:2 (0:2)
Jizzax. “So‘g‘diyona” qarorgohi maydoni.
Hakamlar: Mahmud turdiev, Xayrulla Normatov, Bexruz Berdibekov
Nazoratchi: Shuhrat Karimov
Komissar: Feruzbek G‘aniev
Gollar: Ruxshona O‘sarova (60) – Zarina Xayrullaeva (7), Gulyora Mertinova (20)
Ogohlantirish: Yo‘q – Zarina Xayrullaeva (44).