21 yoshlilar musobaqasining 16-tur o‘yinlari nihoyasiga etdi. So‘nggi turda “Nasaf” o‘z maydonida “Navbahor”ni qabul qildi. Ikkita gol farqi bilan oldinda borgan mezbonlar o‘yin oxiriga qadar o‘z darvozalaridan ikkita gol o‘tkazib yuborishdi va durangga rozi bo‘lishdi. Durang har ikkala jamoaning turnir jadvalidagi o‘zaro o‘rinlariga ta’sir ko‘rsatmadi – namanganliklar oltinchi, qarshiliklar esa ettinchi o‘rindan joy oldi. Qizig‘i, beshinchi o‘rindan to to‘qqizinchi o‘rinlargacha bo‘lgan jamolar (“Mash’al”, “Navbahor”, “Nasaf”, “Qizilqum” va “Surxon”) bir xil – 24 ochkodan jamg‘arishgan. Turnir jadvalini esa 36 ochko bilan AGMK jamoasi boshqaryapti, ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egallab turgan “Bunyodkor” va “Turon” jamoalari ham bir xil ochko to‘plagan – 28 tadan. To‘rtinchi o‘rin “Paxtakor”ga tegishli bo‘lib turibdi – 27 ochko. Javalning quyi qismini “Andijon” (11 ochko), “So‘g‘diyona” (10 ochko) hamda “Metallurg” (9 ochko) jamoalari “band” etishyapti.
U-21. 16-tur.
28 avgust, juma
NASAF – NAVBAHOR – 2:2 (1:0
Qarshi. “Mehnatchi” stadioni.
Hakamlar: Husan Muzaffarov, Farhod Usmonov, Izzat Usmonov
Nazoratchi: Rashid Aytekov
Komissar: Aleksandr Davidenko
Gollar: Sherali Rasulov, 5 (1:0), Sardor Sa’dulloev, 50 (2:0), Asadbek Jo‘raboev, 61 (2:1), Muzaffar Mo‘minov, 69 (2:2)
Ogohlantirishlar: Jasur Shodmonqulov, 10, Zafar Hakimov, 72, Dilshod Berdiev, 84, Jahongir Shermatov, 87, Sardor Sa’dulloev, 90 – Sodiqjon Ortiqov, 43.