
Ayollar futboli bo‘yicha Birinchi liga o‘yinlari davom ettirildi. Beshinchi turga Samarqand shahridagi “Nurafshon” stadioni mezbonlik qilyapti. Bu erda birinchilikning beshinchi va oltinchi turlari ni o‘tkazish belgilangan. Beshinchi turning ikkita o‘yinida darvozalar daxlsizligi saqlanib qolindi. “Andijon” va AGMK-2 jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda katta farq bilan AGMK-2 jamoasi g‘alaba qozondi. Olmaliqliklar tomonidan urilgan o‘n ikkita to‘pning beshtasiga Oydinoy Turg‘unova mualliflik qildi, yana uch futbolchi ikkitdan to‘p kiritishdi. Beshinchi turdan keyin Farg‘onaning “Neftchi” qizlari 13 ochko bilan peshqadamlik qilishyapti. AGMK-2 jamoasida 10, “To‘maris”da 8, “Dinamo”da 7, “Surxon”da 4 ochko bor. “Andijon” jamoasi barcha uchrashuvlarni boy bergan holda autsayderlik qilyapti.
Ayollar futboli. Birinchi liga.
5-tur. 2 iyun, chorshanba
NEFTChI - DINAMO – 0:0
Hakamlar: Sherzod Kamarov, Aziz Axtamov, Sardor Ernazarov
Nazoratchi: Xushvaqt Muxtorov
Komissar: Alisher Fayziev
Ogohlantirishlar: Yo‘q – yo‘q.
ANDIJON – AGMK-2 – 1:12 (1:8)
Hakamlar: Sardor Hakimov, Jahongir Bozorov, Salohiddin Eshboev
Nazoratchi: Xushvaqt Muxtorov
Komissar: Alisher Fayziev
Gollar: Muxlisaxon O‘ktamova (25) – Leyla Oraniyozova (4, 19), Oydinoy Turg‘unova (7, 15, 17, 31, 60), Parvina Sodiqova (24, 35), Asal Aminjonova (56), Sharifa G‘opporova (75, 83)
Ogohlantirishlar: Farangiz Ubaydullaeva (8) – Leyla Oraniyozova (45).
TO‘MARIS – SURXON – 0:0
Hakamlar: Jasur Shodiev, Aziz Aktamov, Abror To‘ychiev
Nazoratchi: Xushvaqt Muxtorov
Komissar: Qudrat Madraimov
Ogohlantirish: Yo‘q – yo‘q.