21 yoshlilar Birinchiligida navbatdagi o‘yin bo‘lib o‘tdi. Toshkentga safar uyushtirgan yaypanliklar “temiryo‘lchilar”dan engilishdi, biroq mag‘lubiyat ularning turnir jadvalidagi uchinchi pog‘onasidagi joyiga ta’sir ko‘rsatmadi. G‘alabadan esa “Lokomotiv”ning ham egallab turgan o‘rni o‘zgarmadi – 22 ochko to‘plagan holda o‘ninchi pog‘onada “mixlanib” turibdi.
U-21. 16-tur.
26 avgust, payshanba
LOKOMOTIV – TURON – 2:1 (1:1)
Toshkent. “JAR” stadioni.
Hakamlar: Sanjar Nazarov, Nikita Afinogenov, Rustam Tog‘aev
Nazoratchi: Marat Ismoilov
Komissar: Sherzod Rajabov
Gollar: Otabek Zoirov, 22 (0:1), Igor Chikrizov, 36 (1:1), Igor Chikrizov, 77 (2:1)
Ogohlantirishlar: Sardorbek Mahmudov, 49 – Abduvosidxon Abdurashidov, 66, Mirjalol Mirzaev, 90+1.