21 yoshlilar o‘rtasidagi Birinchilikning 16-tur doirasidagi o‘yinlari davom ettirildi. Qiziq jihati, birinchilikning turnir jadvali etakchilari – AGMK ham, “Bunyodkor” ham mag‘lubiyatga uchradi. Olmaliqliklar “Paxtakor”ga imkoniyatni boy bergani bilan to‘qqiz ochko yuqorida turibdi. “Bunyodkor” esa Andijonda birinchilik autsayderiga yutqazib qo‘ydi. Andijonliklar mazkur g‘alaba bilan quyidan ikki pog‘ona yuqoriga ko‘tarilishga erishdi.
U-21. 16-tur.
25 avgust, chorshanba
PAXTAKOR – AGMK – 2:1 (1:1)
Qibray. “Qibray” stadioni.
Hakamlar: Farruh Yansupov, Husniddin Bahodirov, Oybek Kallaxo‘jaev
Nazoratchi: Baxtiyor Namozov
Komissar: Vladimir Nazarov
Gollar: Jasurbek Umarov, 12-pen. (0:1), Abbosbek Fayzullaev, 39 (1:1), Po‘latxo‘ja Xoldorxonov, 74 (2:1)
Ogohlantirishlar: Izzatilla Po‘latov, 40, Mirkomil Abdurazzoqov, 45+2, Xosrov Xananov, 56, Abbos Ergashboev, 62 – Boburbek Sobirov, 30.
ANDIJON – BUNYoDKOR – 2:1 (1:1)
Andijon. BO‘FM maydoni.
Hakamlar: Ibrohim Ismoilov, Abdulhamid Abduraimov, Oyatullo Hakimov
Nazoratchi: Bobur Haydarov
Komissar: Shohruh Said
Gollar: Izzatillo Abdulhaqov, 15 (1:0), Muzaffar Olimjonov, 45+2-pen. (1:1), Islombek Mamatkazin, 90+1 (2:1)
Ogohlantirishlar: Muhammadrizo Abbosxonov, 28 – Islom Karimov, 42.