
Ayollar futboli bo‘yicha O‘zbekiston kubogining chorak final o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Yarim finalga yo‘llanma olganlar orasida O‘zbekiston kubogining ko‘pkarra g‘olibi “Sevinch” hamda ayollar o‘rtasidagi mamlakat yoshlar terma jamoasining asosini tashkil etuvchi AGMK jamoalari joy ololmadi. Sababi, har ikkala jamoa ham bugungi kunning rostakam kuchli jamoalari hisoblangan “So‘g‘diyona” va “Bunyodkor” futbolchilariga duch kelgandi. O‘yinlar kutilganidek, kuchli klublar foydasiga hal bo‘ldi. “Metallurg”ning ham “Paxtakor” ustidan osongina g‘alaba qozonishi bashorat qilingandi, biroq o‘yin teng kurashlar ostida o‘tdi va bunda bekobodliklarning omadi kuldi. “Navbahor”ning yarim finalgacha etib kelishini ancha-bunchasi kutmagandi ham, lekin namanganliklar raqiblarini munosib ravishda mag‘lub eta olishdi.
O‘zbekiston kubogi. Chorak final
9 avgust, dushanba
PAXTAKOR-W – METALLURG-W – 0:1 (0:1)
Toshkent v. “Qibray” stadioni.
Hakamlar: Husan Muzaffarov, Kristina Sereda, Gulshoda Saidqulova
Nazoratchi: Irina Kutsillo
Komissar: Yuliya Panina
Gol: Nozima Kamoltoeva (28)
“Paxtakor”: Zebiniso Avliyoqulova, Madina Abduraimova, Alisa Zaxarenko, Dinara Tagirova, Madina Vohidova, Lidiya Tsema, Umida Xotamova, Durdona Baxtiyorova, Maxzuna Abdukarimova, Ekaterina Salnikova, Zumrad Nazarova
“Metallurg”: Gulandon Boymatova, Muxlisa Mirzayorova, Moxira Jo‘raboeva, Diyora Jo‘raboeva, Setora Takabaeva, Aynur Daulbaeva, Rushaniya Safina, Yulduz Hamdamova (Ozoda Xojieva, 25), Ro‘zixon Asqarova (Barchinoy Eshmurodova, 60, Nozima Qosimbekova, 90), Nozima Kamoltoeva, Oybarchin Turg‘unova
Ogohlantirishlar: Zumrad Nazarova (39), Dinara Tagirova (42) - Diyora Jo‘raboeva (49), Aynur Daulbaeva (64), Nozima Kamoltoeva (90+4).
SO‘G‘DIYoNA-W – SEVINCh – 2:0 (1:0)
Jizzax. “So‘g‘diyona” klubi qarorgohi maydoni.
Hakamlar: Doston Rahmonov, Alisher Rahimqulov, Mohirabonu Muralieva
Nazoratchi: Nabijon Ro‘zimov
Komissar: Nigora Abidova
Gollar: Diyora Xabibullaeva (7), Maxliyo Sariqova (90+2)
“So‘g‘diyona”: Kumush G‘ulomova, O‘g‘iloy Qo‘chqorova, Nafisa Nabiqulova, Iroda turdalieva, Rosacharne Periale, Maxliyo Sariqova, Tanzilya Zarbieva, Xolida Dadaboeva, Diyora Xabibullaeva, Zarina Mamatkarimova (E’zoza Sharipova, 72), Alberta Ahialey (Yulduz Shodieva, 90+1)
“Sevinch”: Maftuna Jonimqulova, Laylo Shodieva, maftuna Shoyimova, Ana Alekperova, Gulzoda Amirova, Shodiya Tosheva, Shahrizoda Zaynitdinova, Feruza Boboxo‘jaeva, Malika Burxonova, Nilufar Qudratova, Laylo Tilovova
Ogohlantirishlar: Toda Turdalieva (67), O‘g‘iloy Qo‘chqorova (85) – yo‘q.
AGMK-W – BUNYoDKOR-W – 1:2 (0:1)
Olmaliq. “Metallurg” stadioni.
Hakamlar: Husnora Jumaeva, Zilola Rahmatova, Marjona Rahmatqulova
Nazoratchi: Shuhrat Egamberdiev
Komissar: Shohruh Said
Gollar: Leyla Oraniyozova (72) – Saida Galimova (17), Lyudmila Karachik (81)
AGMK: Nilufar Qurbonalieva, Dinora Turg‘unova, Mardona Almatova, Komila Zaripova, Munisa G‘iyosova, Leyla Rustullaeva, Shohida Tojiddinova, O‘g‘iloy Ilasheva, Aygerim Otenazarova, Feruza Turdiboeva, Orasta Tojiboeva (Leyla Oraniyozova, 56)
“Bunyodkor”: Olga Qahhorova, Kamola Risqieva, Lyudmila Karachik, Luiza Sadirova, Dildora Nozimova (Azizxon Bo‘ronbekova, 65), Saida galimova, Umida Zoirova, Dilrabo Asadova, So‘g‘diyona Allamurodova, Aziza Norboeva (Nozima Ergasheva, 90), Ilvina Ablyakimova
Ogohlantirishlar: Komila Zaripova (50) - yo‘q.
NAVBAHOR-W – LOKOMOTIV-W – 4:0 (3:0)
Namangan. “Navbahor” stadioni zaxira maydoni.
Hakamlar: Sanjar Nazarov, Aleksandra Konchikova, Darya Snetkova
Nazoratchi: Erkin Oripov
Komissar: Qudrat Madraimov.
Gollar: Tojiniso Rashidova (5), Nilufar Dadajonova (20, 51), Sarvinoz Komiljonova (40)
“Navbahor”: Hurmatoy Kamolxo‘jaeva, Madina Xikmatova, Nilufar Dadajonova (Nargiza Abdurasulova, 86), Zarina Xo‘jaeva, Tojiniso Rashidova (Sohiba Meliboeva, 90+1), Sarvinoz Komiljonova (Muharram Abdullaeva, 57), Muqaddam Abdullaeva, Marxabo Jo‘raboeva, Gulnora Davronova, Zuhraxon Abdurahimova
“Lokomotiv”: Kamila Yumangulova, Dinora Xudoynazarova, Zebiniso Xalimova (Noila Yo‘ldosheva, 76), Gulzoda Saidova, Dildora Ergasheva, Fazilat Bahromova, Jesika Kruchinina, Nodira Iskandarova, Oysara Suyunova, Omadxon Sultonova (Maxfuza Jo‘raeva, 76), Laylo Tosheva
Ogohlantirishlar: Gulnora Davronova (69) – Omadxon Sultonova (16), Dildora Ergasheva (61), Zebiniso Xalimova (71).
Yarim finalga yo‘llanma olganlar:
METALLURG
SO‘G‘DIYoNA
BUNYoDKOR
NAVBAHOR