Davlat test imtihonlari “Bunyodkor” stadioniga tutash hududda ham o‘tkazilayotganidan kelib chiqib, abituriyentlarga halal bermaslik maqsadida Coca-Cola Superliga 15-turidan o‘rin olgan “Bunyodkor” — “Metallurg” uchrashuviga OKMK sport majmuasi mezbonlik qiladi.
Mazkur shaharda 15-avgust kuni AGMK klubi ham “Nasaf”ga qarshi uchrashuv o‘tkazishi, ketma-ket ikki kun davomidagi o‘yinlar maydon sifatiga ta’sir ko‘rsatishi mumkinlini inobatga olib, “Bunyodkor” — “Metallurg” uchrashuvi 14-avgust sanasida emas, balki 13-avgust kuni bo'lib o'tadi. Klublarning U-21 jamoalari ishtirokidagi bellashuv 12-avgust kuni “Bunyodkor” futbol akademiyasida tashkil etiladi.