U-21. “Bunyodkor” safardan uch ochko bilan qaytdi

21 yoshlilar Birinchiligida 14-tur o‘yinlari start oldi. Bugunga belgilangan ikkita o‘yinning birida mezbonlar, ikkinchisida esa mehmonlar zafar quchishdi. Aslida Muborakda o‘tishi lozim bo‘lgan o‘yin “Bunyodkor” akademiyasi maydonida tashkil etildi. Va unda “qaldirg‘ochlar” raqiblar darvozasini javobsiz ikki bor nishonga olib, g‘alaba qozonishdi. Mazkur yutuq “Bunyodkor”ni hozircha turnir jadvalining ikkinchi pog‘onasiga “ko‘tarib qo‘ydi”.  “Paxtakor” esa kuchli raqibi “Nasaf”ni qabul qildi. Teng kurashlar ostida o‘tgan bahsda toshkentliklar muvaffaqiyat qozonishdi  va turnir jadvalida bir sakrashda to‘rt pog‘ona yuqorilab, birinchi kungi o‘yinlardan so‘ng beshinchi pog‘onani egallab turibdi.

 

U-21. 14-tur.

5 avgust, payshanba

 

MASh’AL – BUNYoDKOR – 0:2 (0:2

Toshkent. “Bunyodkor” futbol akademiyasi maydoni.

Hakamlar: Shuhrat Rajabov, Adham Rixsiboev, Rustam Tog‘aev

Nazoratchi: Arslon Xotamov

Komissar: Jamshid Imomov

Gollar: Sudaysi Jo‘raboev, 21 (0:1), Muzaffar Olimjonov, 39 (0:2)

Ogohlantirishlar: Husniddin Mahmudov, 45+1,  Abdumalik Norqobilov, 59, Asliddin Rahimov, 84  - Umarali Rahmonaliev, 27, Azizbek Pirmuhammadov, 45+1, Islom Karimov, 90.

 

PAXTAKOR – NASAF – 3:2 (0:0)

Toshkent v. “Qibray” stadioni.

Hakamlar: Husan Muzaffarov, Islom Azimov, Sherzod A’zamov

Nazoratchi: Timur Abdullaev

Komissar: Laziz Qo‘chqorov

Gollar: Po‘latxo‘ja Xoldorxonov, 58-pen. (1:0), Abbos Ergashboev, 60 (2:0), Alibek Davronov, 63 (2:1), Otajon Niyazmetov, 65 (2:2), Shaxriyor Jabborov, 76 (3:2)

Ogohlantirishlar: Yo‘q – Alibek Davronov, 33, Mirjalol Qosimov, 90, Shaxzod Akbarov, 90+4

Chetlati sh: Yo‘q – Shaxboz Nuriddinov, 21, Mirjalol Qosimov, 90+1 (ikkinchi sariq),

 

 

  

 

mib
uzcard
cola
apex
bmb