Coca-Cola Superligasining 13-turi nihoyasiga etdi. Bugunga belgilangan ikkita o‘yinning ikkalasida ham mehmonlar zafar quchishdi. Qo‘qondagi stadionning yoritkichlar bilan bog‘liq mukammolarini hal etib ulgurmagan “Qo‘qon-1912” jamoasi raqibi “Navbahor”ni Yaypandagi stadionda qabul qildi. Vodiy derbisida darvozalarga uchta gol kiritildi, besh yildan beri safarda g‘alaba qozona olmayotgan namanganliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozonishdi. Qiziq tomoni, uchala golni ham “Navbahor” a’zolari kiritishdi – Azimjon Ahmedovning jarimadan tepgan supergoli, chiroyli kombinatsiyani nihoyasiga etkazgan Sardor Telyakov va o‘z darvozasini nishonga olgan Igor Dolban. Ikkinchi uchrashuvda “Qizilqum” ham Bekobodda maydon egalarini huddi shu hisobda engdi. Navoiyliklar mazkur yutuqdan so‘ng ham turnir jadvalida beshinchi pog‘onadan yuqoriga ko‘tarila olmadi, ammo ikkinchi o‘rinda borayotgan AGMK bilan o‘rtadagi farq atigi uch ochkoni tashkil etmoqda.
Coca-Cola Superliga.
13-tur. 1 avgust, yakshanba
QO‘QON-1912 – NAVBAHOR - 1:2 (0:1)
Yaypan. "O‘zbekiston" stadioni.
Hakamlar: Ahrol Risqullaev, Rishat Nugmanov, Doniyor Saylavov, Akmal Rahimov
Nazoratchi: Aleksandr Popov
Komissar: Muhammad Sodiq Sodiq-Oxunov
Gollar: Azimjon Ahmedov, 13 (0:1), Sardor Telyakov, 81(0:2), Igor Golban, 90+7-o‘z darv. (1:2)
"Qo‘qon-1912": Muzaffar Abdullaev, Bobirjon Akbarov, Farhodbek Bekmurotov (Yakuba Bamba, 68), Shohnazar Norbekov, Sardorbek Azimov (Suhrob Berdiev, 68), Avazxon Mamatxo‘jaev (Andrey Sidorov, 75), Oybek Rustamov, Muhammadanas Hasanov (Mo‘minjon Meliev, 84), Aleksandr Merzlyakov (Slavko Lukich, 84), Ivan Yosovich, Murod Xolmuhammedov.
"Navbahor": O‘tkir Yusupov, Boyan Tsiger, Azimjon Ahmedov, Ivan Solovyov, Quvondiq Ro‘ziev (Sardor Telyakov, 73), Kosta Guttiner (Zabihillo O‘rinboev, 81), Mirzohid G‘ofurov, Ibrohim G‘anixonov (Islombek Isoxonov, 68), Igor Golban, Davronbek Hoshimov, Boyan Naydenov
Ogohlantirishlar: Aleksandr Merzlyakov, 11, Andrey Sidorov, 90+6 – Davronbek Xoshimov, 36, Igor Golban, 37, Kosta Guttiner, 51, Quvondiq Ro‘ziev, 55, Azimjon Ahmedov, 74.
METALLURG – QIZILQUM - 1:2 (0:0)
Bekobod. "Metallurg" markaziy stadioni.
Hakamlar: Vadim Agishev, Sardor Nishonboev, Avaz Abdullaev, Komiljon Rasulov
Nazoratchi: Igor Nexochin
Komissar: Jamshid Imamov.
Gollar: Mate Vatsadze, 56 (0:1), Elguja Grigalashvili, 64 (0:2), Ibrohim Ibragimov, 67 (1:2)
"Metallurg": Aleksandr Lobanov, Xudoyshukur Sattorov, Ruslan Roziev (Shahzodbek Nurmatov,), Salamat Quttiboev, Abror Toshqo‘ziev, Shahzodbek G‘ofurbekov (Abdurahmon Abdulhaqov, 71), Ibrohim Ibragimov, Dilshod Rahmatullaev, Akbarjon Ismatullaev, Farruhjon Ibrohimov, Damir Temirov (Zohid Abdullaev, 62)
"Qizilqum": Ignatiy Nesterov, Erkin Baydullaev, Islom Kenjaboev, Georgi Kuxinidze, Mate Vatsadze (Vladislav Aleksin, 76), Fayzulla Qambarov, Salim Mustafoev, Jasur Azimov (Jamshid Hasanov, 82), Islom To‘xtaxo‘jaev, Elguja Grigalashvili, Oleg Tolmasov
Ogohlantirish: Farruhjon Ibragimov, 48, Akbarjon Ismatullaev, 59, Ibrohim Ibragimov, 61, Zohid Abdullaev, 64 – Mate Vatsadze, 58, Islom Kenjaboev, 69.