Birinchi liga. Bir ochko “Jomboy”ni so‘nggi o‘rindan ozod etdi

Birinchi liganing 11-turidan qoldirilgan o‘yini bo‘lib o‘tdi. O‘z maydonida “Jomboy”ni qabul qilgan “Chig‘atoy” raqib darvozasini uch bor nishonga oldi, biroq o‘z darvozasidan ham shuncha gol o‘tkazib yubordi. Butun hakamlar guruhi ayollardan iborat bo‘lgan o‘yinda aslida hisobni mezbonlar ochishgandi, keyin esa ikki bor hisobda ortda qolishdi. Uchrashuv tugashi arafasida esa kuchlarni tenglashtiruvchi golni kiritishdi va mag‘lubiyatdan qutulib qolishdi. Mazkur durang “Jomboy”ni turnir jadvalida eng quyi o‘rindan bir pog‘ona yuqorilashiga xizmat qildi.

 

Birinchi liga.

11-turning qoldirilgan o‘yini.

31 iyul, shanba

 

ChIG‘ATOY – JOMBOY – 3:3 (1:1)

Toshkent. “Chig‘atoy” stadioni.

Hakamlar: Edita Mirobidova, Kristina Sereda, Aleksandra Konchikova

Nazoratchi: Andrey Klepikov

Komissar: Alisher Fayziev

Gollar: Abdulloh Xikmatov, 29 (1:0), Abdulla Nabiev, 43 (1:1), Sarvar Abdusalimov, 49 (1:2), Abdulloh Xikmatov, 61 (2:2), Oybek Turobov, 89 (2:3), Muhammadbobur Mo‘ydinov, 90 (3:3)

Ogohlantirishlar: Azamat Xalilov, 19, Sherzod Esonov, 90+3 – Mirjalol Loqaev, 90+1.

mib
uzcard
cola
apex
bmb