U-21 Birinchiligi 13-turining so‘nggi ikki o‘yini o‘tkazildi. “Qo‘qon-1912” jamoasi o‘z shahrida “Navbahor”ni qabul qildi va 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Bekobodda esa “Metallurg” “Qizilqum” bilan kuch sinashdi. Uchrashuvda mehmonlar mezbonlarga nisbatan aniqroq harakat qilishdi va g‘alaba qozonishdi. O‘rinbosarlar birinchiligining amaldagi g‘olibi “Metallurg” tobora autsayder chegarasiga yaqinlashyapti – bekobodliklar turnir jadvalining 13-pog‘onasiga “mixlanishdi”.
U-21. 13-tur.
31 iyul, shanba
QO‘QON-1912 – NAVBAHOR – 2:1 (1:0)
Qo‘qon. “BO‘SM-2” maydoni.
Hakamlar: Akmal Rahimov, Shohruh A’zamov, Oybek A’zamjonov
Nazoratchi: Aleksandr Popov
Komissar: Muhammad Sodiq Sodiq-Oxunov
Gollar: Muxsin Normatov, 29 (1:0), Anvarjon Xolmirzaev, 64 (2:0), Azizbek Xursanboev, 90+3 (2:1)
Ogohlantirishlar: Abdulloh Mirkomilov, 2, Akbarjon Adhamov, 45+4, Yahyoxon Akbarov, 70 – Mirzoxid Mirzamahmudov, 86.
Amalga oshirilmagan penalti: Anvarjon Xolmirzaev, 21.
METALLURG – QIZILQUM – 1:3 (0:0)
Bekobod. “Metallurg” stadioni.
Hakamlar: Komiljon Rasulov, Muhammadaziz Karimov, Artem Snetkov
Nazoratchi: Igor Nexochin
Komissar: Jamshid Imamov
Gollar: Ilhom Kenjaev, 51 (0:1), Jamshid Baxshulloev, 60 (0:2), Anvar Husanov, 69 (1:2), Ilhom Kenjaev, 82 (1:3)
Ogohlantirishlar: Salohiddin Ergashev, 53, Akbar Abdirasulov, 64 – Shamsiddin Sagdullaev, 54, O‘ktamjon Normurodov, 90+1.