Coca-Cola Superligasining 13-tur doirasida yana uchta o‘yin o‘tkazildi. Stadionining yoritkichlaridagi muammolarini hal etib ulgurmaganligi bois raqibini “Navbahor” stadionida qabul qilgan “Andijon” mezbon maqomida bo‘lsada durang natija qayd etdi. Turnir jadvalida so‘nggi pog‘onada turgan “Turon” mabodo yutuqqa erishgan taqdirda autsayderlik “mavqeini” o‘zgartirishi aniq edi, biroq bunday bo‘lmadi. Ikkala jamoaning ochko ulashishi o‘z joylarida qolishiga xizmat qildi. Turning markaziy o‘yini sifatida baholangan “Paxtakor” va “Bunyodkor” o‘yinida “tinib-tinchimas” Dragan Cheranning birinchi bo‘lim yakunida penaltidan kiritgan goli “sherlar”ning “qaldirg‘ochlar” ustidan ustunligini ta’minladi. “paxtakor” peshqadamlik mavqeini anchagina mustahkamlab oldi. Uchinchi uchrashuvda ham durang – “So‘g‘diyona” va AGMK o‘rtasidagi bahsda darvozalar daxlsizligi saqlanib qolindi. Muhimi, ushbu bugungi natijalar turnir jadvalining kuchli uchligida borayotgan jamoalar mavqeiga ta’sir qilmadi – uchalasi ham joyidan “qimirlamadi”.
Coca-Cola Superliga.
13-tur. 31 iyul, shanba
ANDIJON – TURON - 1:1 (0:1)
Namangan. “Markaziy” stadion.
Hakamlar: Rahimbek Karimov, Sanjar Shoyusupov, Alisher Usmonov, Ibrohim Ismoilov
Nazoratchi: Ravil Shayaxmitov
Komissar: Bekzod Aripov
Gollar: Sunnatilla Abdullajonov, 38 (0:1), Pavel Zabelin, 51 (1:1)
"Andijon": Eldor Adhamov, Sardor Xursandov, Azamat Isroilov (Abduvohid G‘ulomov, 69), Sherzod G‘ulomjonov (Izzatillo Abdulhaqov, 78), Baxtiyor Qosimov, Pavel Zabelin, Vasiliy Sovpel (Vladislav Vasilev, 46), Abdug‘ani Kamolov, Plamen Dimov, Diyor Rahimqulov, Xurshid Ubaydullaev (Abdulhay Ismoilov, 46, Muhammadkarim Toirov, 90+3)
"Turon": Akmal Ortiqov, Sunnatilla Abdullajonov, Humoyun Murtazoev (Boyong Kim, 75), Muzaffar Muzaffarov, Fozil Musaev (Sunnatilla Ermatov, 83), Vladislav Kasminin, Abdulazizxon Abdurashidov (Doniyor Ismoilov, 83), Sinisha Babich, Jahongir Mehmonov, Dayan Ponevich, Bilolxon Toshmirzaev (Ixtiyorjon Toshpo‘latov, 74).
Ogohlantirishlar: Plamen Dimov, 72, Abdug‘ani Kamolov, 86 - Vladislav Kasminin, 67.
PAXTAKOR – BUNYoDKOR - 1:0 (1:0)
Toshkent. “Paxtakor” stadioni.
Hakamlar: Asker Najafaliev, Olim Abduvosilov, Ruslan Serazitdinov, Sultonmurod Abdurahmonov
VAR hakami: Firdavs Norsafarov
VAR assistent: Jahongir Saidov
VAR nazoratchisi: Valentin Kovalenko
Nazoratchi: Marat Ismoilov
Komissar: Akmal Rahmatov
Gol: Dragan Cheran, 45+2-pen. (1:0)
"Paxtakor": Eldorbek Suyunov, Hojiakbar Alijonov, Anzur Ismoilov (Marlen Chobanov, 46), Odiljon Hamrobekov (Abrorbek Ismoilov, 85), Azizbek Turg‘unboev (Dostonbek Hamdamov, 76), Sherzod Temirov (Boyan Matich, 76), Dragan Cheran, Sherzod A’zamov, Sardor Sobirxo‘jaev, Diyor Xolmatov (Hojimat Erkinov, 90), Farruh Sayfiev.
"Bunyodkor": Ravshanbek Yagudin, Davronjon Ergashev, Avazbek O‘lmasaliev, Farruh Ikromov (Ibrahim Tomiva, 66), Xurshid G‘iyosov (Farhod Mirahmatov, 88), Rasul Yo‘ldoshev, Lutfulla To‘raev, Mirjahon Mirahmadov (Muhammadodil Qahramonov, 83), Odiljon Abdurahmonov, Ulug‘bek Abdullaev (Aziz Pirmuhammadov, 88), Abdulla Abdullaev.
Ogohlantirishlar: Sardor Sobirxo‘jaev, 17, Azizbek turg‘unboev, 30, Odiljon Hamrobekov, 50 – Davronjon Ergashev, 45.
SO‘G‘DIYoNA – AGMK - 0:0
Jizzax. “So‘g‘diyona” stadioni.
Hakamlar: Ilgiz Tantashev, Andrey Tsapenko, Timur Gaynulin, Nayim Qosimov
Nazoratchi: Bobur Haydarov
Komissar: Shohruh Said
"So‘g‘diyona": Milan Mitrovich, Sardor Qulmatov, Elyor Orifov (Ergash Ismoilov, 46), Ayubxon No‘’monov, Iskandar Shaykulov (Darko Stanoevich, 85), Shohruz Norxonov, Jasur Hasanov (Daniel Nasriddinov, 87), Shahboz Jo‘rabekov, Javohir Qahramonov (Sahob Rashidov, 71), Luka Chermel, Marko Kolakovich.
AGMK: Valijon Rahimov, Dilshod Jo‘raev (Zafar Polvonov, 83), Sardor Rahmonov, Boburbek Yo‘ldoshev, Husniddin G‘ofurov (Mirjamol Qosimov, 70), Murodjon Toshmatov, Sanjar Tursunov (Nodirbek Abdurazzoqov, 90+2), Aleksandr Kasyan (Martin Boake, 83), Sanjar Shoahmedov (Yovan Jokich, 71), Shohruh Gadoev, Dilshodbek Ahmadaliev
Ogohlantirish: Elyor Orifov, 45, Iskandar Shaykulov, 75 – yo‘q.