Bir oylik yozgi ta’tildan so‘ng futbolchilar yana maydonga qaytishdi. Bugun Superliganing 13-tur doirasidagi ikkita o‘yin o‘tkazildi. Va har ikkalasida ham maydon egalari g‘alaba qozondi. Turnir jadvalida uchinchi o‘rinda borayotgan “Nasaf” Toshkentda “Lokomotiv”ga ikkita gol farqi bilan imkoniyatni boy berdi. E’tiborlisi ikkala golga ham Azizbek Amonov mualliflik qildi. Qizig‘i, Azizbek ikkala golini ham maydon markazidan hujumga o‘tib, “yo‘l-yo‘lakay” ikki raqibini ortda qoldirgan holda amalga oshirdi. Faqat hujumlardan biri chap tomondan, ikkinchisi esa o‘ng qanotdan boshlangandi. Ikkinchi o‘yinda “Mash’al” o‘z uyida “Surxon” bilan kch sinashdi va 2:1 hisobida yutuqqa erishdi. Mezbonlarning ikkala goli ham jamoaning xorijlik legionerlari tomonidan urildi.
Coca-Cola Superliga.
13-tur. 30 iyul, juma
LOKOMOTIV – NASAF - 2:0 (2:0)
Toshkent. "Lokomotiv" stadioni.
Hakamlar: Zokir Qodirov, Ruslan Samandarov, Obid Jumaev, Farruh Yansupov
VAR hakami: Ahrol Risqullaev
VAR assistenti: Timur Gaynulin
VAR operatori: Sherali Janaliev
VAR nazoratchisi: Vladislav Tseytlin
Nazoratchi: Baxtiyor Tog‘aev
Komissar: Jahongir Rahmatullaev
Gollar: Azizbek Amonov, 13 (1:0), Azizbek Amonov, 37 (2:0)
"Lokomotiv": Abdumavlon Abdujalilov, Islom Qobilov, Kaxi Maxaradze, Azizbek Amonov, Sanjar Qodirqulov (Dilshodjon Komilov, 80), Jasur Jaloliddinov (Javohir Sidiqov, 60, Javohir Abdualimov, 90+3), Jaloliddin Jumaboev, G‘ulom Haydar G‘ulomov, Shuhrat Muhammadiev (Javohir Alijonov, 90+3), Sherzod Fayziev, Diyorjon Turopov (Sadriddin Abdullaev, 80)
"Nasaf": Abduvohid Ne’matov, Husniddin Aliqulov, Murodbek Rahmatov
(Doniyor Narzullaev, 58), Dilshod Saitov, Jo‘rabek Mannonov (Andriya Kaluderovich, 80), Husain Norchaev, Suhrob Nurulloev, Abubakr-Rizo Turdaliev (Bahrom Abdurahimov, 46), Oybek Bozorov, Marko Stanoevich, Umarbek Eshmurodov.
Ogohlantirishlar: Diyorjon Turopov, 17, Dilshodjon Komilov, 90+1, Abdumavlon Abduljalilov, 90+2 - Abubakr-Rizo Turdaliev, 45+1, Marko Stanoevich, 90+7.
Chetlatish: Yo‘q - Bahrom Abdurahimov, 89.
MASh’AL – SURXON - 2:1(0:0)
Qarshi. "Markaziy" stadion.
Hakamlar: Rustam Lutfullin, Husniddin Shodmonov, Baxtiyorxo‘ja Shavkatov, Doston Rahmonov
Nazoratchi: Rashid Aytekov
Komissar: Aleksandr Davidenko
Gollar: Chigozi Samuel Ononivu, 47 (1:0), Muhammadali Abdurahmonov, 74 (1:1), Okvara Godvin Chika, 81 (2:1)
"Mash’al": Shohruhjon Eshbo‘taev, Ifeani Ifeani, Okvara Godvin Chika, Chigozi Samuel Chika (Oybek Nurmatov, 90+2), Muhammadali Aliqulov, Jamoliddin Ubaydulloev, Abbos Shodmonov (Qahramon Bahodirov, 90), Xudoyorxon Sagdullaev (Mishel Okoro Ibe, 74), Sirojiddin Qo‘ziev (Shahzod Shaymanov, 90), Muhammad Yo‘ldoshev (Ibrohim No‘’monov, 74), Sirojiddin Allaev.
"Surxon": Azamat Ahmedov, Alisher Salimov, Islomjon Toshpo‘latov (Muhammadali Abdurahmonov, 72), Jahongir Ahmadov (Sharofiddin Shobirov, 87), Zohir Pirimov (Nizom Norov, 61), Jasur Xolto‘raev, Vladimir Bubanya, Nuriddin Hasanov (Sardor Sulaymonov, 72), Husniddin G‘ofurov, Ibrohim Yo‘ldoshev, Asror G‘ofurov.
Ogohlantirishlar: Sirojiddin Qo‘ziev, 39, Muhammadali Aliqulov, 69, Okvara Godvin Chika, 80. - Vladimir Bubanya, 63.