U-21 Birinchiligi 13-tur o‘yinlari davom ettirildi. AGMKni qabul qilgan “So‘g‘diyona” o‘z maydonida 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Mazkur yutuq olmaliqliklarning turnir jadvalidagi peshqadamlik mavqeini yanada mustahkamladi. “Paxtakor” va “Bunyodkor” jamoalari o‘yinida esa kuchlar teng keldi – 2:2. “Andijon” o‘z shahrida Yaypanning “Turon” jamoasini qabul qilishi lozim edi. Biroq o‘yin o‘tkazilmadi. Sababi, mezbonlar o‘yin bilan bog‘liq xujjatlarni taqdim etisha olmadi. Shu bois, musobaqa Reglamentiga ko‘ra maydon egalariga texnik mag‘lubiyat, yaypanliklarga esa texnik g‘alaba yozildi.
U-21. 13-tur.
30 iyul, juma
SO‘G‘DIYoNA – AGMK – 0:1 (0:1)
Jizzax. “So‘g‘diyona” klubi qarorgohi maydoni.
Hakamlar: Nayim Qosimov, Bekjon Begaliev, Sultonmurod Xojiev
Nazoratchi: Bobur Haydarov
Komissar: Shohruh Said
Gol: Sunnatillo Abdug‘aniev, 14 (0:1)
Ogohlantirishlar: Jamshid Akmalov, 16 – yo‘q.
PAXTAKOR – BUNYoDKOR – 2:2 (0:1)
Toshkent v. “Qibray” stadioni.
Hakamlar: Sultonmurod Abdurahmonov, Nikita Afinogenov, Rustam Tog‘aev
Nazoratchi: Marat Ismoilov
Komissar: Akmal Rahmatov
Gollar: Umarali Rahmonaliev, 45 (0:1), Asadbek Qahorjonov, 56 (0:2), Abbosbek Fayzullaev, 82 (1:2), Muhammadali O‘rinboev, 83 (2:2)
Ogohlantirishlar: Yo‘q – Siroj Bashriddinov, 90+3.
ANDIJON – TURON - -:+