U-21 chempionati: “Andijon” – “Turon” uchrashuvida mezbonlarga texnik mag‘lubiyat yozildi

U-21 chempionati 13-turi doirasidan o‘rin olgan “Andijon” – “Turon” uchrashuvi mezbon klubning o‘yin o‘tadigan stadionning uchrashuvga tayyorligini tasdiqlovchi dalolatnomani taqdim etmagani sababli o‘tkazilmadi.  Musobaqalar Reglamenti 4.4. bandida o‘yin o‘tadigan kundan bir kun avval mezbon klub O‘zPFL komissariga stadionning uchrashuvga tayyorgarligi to‘g‘risida dalolatnoma taqdim etishi ko‘rsatib o‘tilgan. 

Biroq “Andijon” futbol klubi bu borada sustkashlikka yo‘l qo‘ydi va buning natijasida Musobaqalar Reglamentining Futbol uchrashuvlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi 17-bobida ko‘rsatilganidek, uchrashuvni belgilangan vaqtda o‘tkazishning imkoni bo‘lmasa, O‘zPFL komissiyasi barcha tafsilotlarni o‘rganib chiqib, so‘ng ushbu uchrashuv bo‘yicha qaror qabul qildi. Jadvalda belgilangan uchrashuv kechiktirilishida aybdor klub O‘FA “Intizom kodeksi”ga muvofiq jazolanadi. 

Shu sababli U-21 chempionati 13-turi doirasidagi “Andijon” – “Turon” uchrashuvida andijonliklarga texnik mag‘lubiyat yozildi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb