Yozgi ta’til ortda qoldi. Superliga jamoalari va ularning o‘rinbosarlari bir oylik ta’tildan so‘ngi 13-tur o‘yinlarida maydonga tushishni boshladi. Dastlab, U-21 Birinchiligida ikkita uchrashuv o‘tkazildi. Toshkentga safar uyushtirgan qarshiliklar mezbon maydonida mezbonlar darvozasini ikki bor nishonga olib, o‘z darvozalari daxlsizligini saqlab qolishdi. “Nasaf”ning ushbu g‘alabasi turnir jadvalida ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib olishga xizmat qildi. Ikkinchi uchrashuv esa Qashqadaryoda o‘tkazildi. O‘z maydonida “Surxon”ni qabul qilgan muborakliklar 3:1 hisobida g‘alaba qozonishdi. Vaholanki, o‘yinda dastlabki golni mehmonlar kiritishgandi. Shu tariqa “Mash’al” ayni paytda “Bunyodkor” bilan teng ochko (21) to‘plagan holda to‘rtinchi o‘rinni band etib turibdi.
U-21. 13-tur.
29 iyul, payshanba
LOKOMOTIV – NASAF – 0:2 (0:0)
Toshkent. TTYMI stadioni.
Hakamlar: Farruh Yansupov, Oybek Kallaxo‘jaev, Husniddin Bahodirov
Nazoratchi: Baxtiyor Tog‘aev
Komissar: Jahongir Rahmatullaev
Gollar: Shaxzod Xushvaqtov, 63 (0:1), Shaxboz Nuriddinov, 81-pen. (0:2)
Ogohlantirishlar: Sardorbek Mahmudov, 38, Azizbek Mahmudov, 45+2 - G‘olib G‘aybullaev, 60, Aziz Xolmurodov, 70, Otajon Niyozmetov, 76, Jahongir Shermatov, 88.
MASh’AL – SURXON – 3:1 (0:0)
Muborak. “B.Vafoev nomli stadion.
Hakamlar: Doston Rahmonov, Farhod Usmonov, Elnur Doniyorov
Nazoratchi: Rashid Aytekov
Komissar: Aleksandr Davidenko
Gollar: Muhammad-Ali Abdurahmonov, 47 (0:1), Islom Asilbekov, 71 (1:1), Xushnudbek Bozorov, 77 (2:1), Xushnudbek Bozorov, 83 (3:1)
Ogohlantirish: Muhriddin Rasulov, 25 – yo‘q.