“Jomboy” futbol jamoasi uy uchrashuvlarini o‘tkazadigan stadion boshqa tadbirlar bilan band ekanligidan kelib chiqib, Birinchi liga 11-turidan o‘rin olgan “Jomboy” — “Chig‘atoy” uchrashuvi Toshkentga ko‘chirildi.
Aslida mazkur uchrashuv “Chig‘atoy” futbol jamoasi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasiga bir qator futbolchilarini Misrdagi turnirda ishtirok etish uchun berganidan kelib chiqib, 31-iyulga qoldirilgandi. “Jomboy” bilan bog‘liq vaziyat uzrli sabab ekanidan kelib chiqib, mazkur jamoalarning ikkinchi davra uchrashuvlari Samarqandda bo‘lib o‘tishi belgilandi.