30-iyul, juma kuni Coca-Cola Superliganing 13-tur bahslari start oladi. Bilasiz, joriy yildan e’tiboran milliy chempionatimiz uchrashuvlarida VAR tizimidan foydalanilmoqda.
Jumladan, Coca-Cola Superliga 13-turidan o‘rin olgan 2 ta bellashuvda Video Assistant Referee tizimi ishlaydi. Unga ko‘ra, “Lokomotiv” – “Nasaf” va “Paxtakor” – “Bunyodkor” o‘yinlarida VAR tizimidan foydalaniladi.
Ta’kidlash joiz, ikkinchi davradan e’tiboran VAR tizimi ishlaydigan o‘yinlar sonini oshirish rejalashtirilmoqda.
30-iyul, juma
LOKOMOTIV – NASAF
VAR hakami: Ahrol Risqullayev
VAR assistent: Timur Gaynulin
VAR nazoratchisi: Vladislav Seytlin
31-iyul, shanba
PAXTAKOR – BUNYODKOR
VAR hakami: Firdavs Norsafarov
VAR assistent: Jahongir Saidov
VAR nazoratchisi: Valentin Kovalenko