“Mash’al” – “Surxon” uchrashuvi Qarshida bo‘lib o‘tadi

Coca-Cola Superliga 13-turidan o‘rin olgan “Mash’al” — “Surxon” o‘yini projektor bilan bog‘liq muammo sababli Muborakda o‘tkazilmaydi.

“Mash’al” futbol klubi mazkur turni nominal mezbon sifatida Qarshidagi “Markaziy” stadionda o‘tkazadi. Uchrashuv 30-iyul — juma kuni 20:00 da start oladi.

Tomonlarning II davradagi o‘zaro o‘yiniga reja bo‘yicha Termiz shahri mezbonlik qiladi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb