“Andijon” – “Turon” uchrashuvi Namanganda bo‘lib o‘tadi

Coca-Cola Superliga 13-turidan o‘rin olgan “Andijon” — “Turon” o‘yini projektor bilan bog‘liq muammo sababli Andijonda o‘tkazilmaydi.

“Andijon” futbol klubi mazkur turni nominal mezbon sifatida Namangandagi “Markaziy” stadionda o‘tkazadi. Uchrashuv 31-iyul — shanba kuni 20:00 da start oladi.

Tomonlarning II davradagi o‘zaro o‘yiniga reja bo‘yicha Yaypan shahri mezbonlik qiladi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb