U-21. “Nasaf” ikki daqiqada g‘alabani qo‘ldan chiqardi

21 yoshlilar o‘rtasidagi mamlakat Birinchiligining 8-turdan qoldirilgan o‘yini bo‘lib o‘tdi. O‘z maydonida viloyatdoshi – “Mash’al”ni qabul qilgan “Nasaf” nafaqat mag‘lubiyatga teng durangni qayd etdi, balki turnir jadvalida ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib olish imkoniyatini g‘ham yo‘qqa chiqardi. Aslida hisobni birinchi bo‘limning yarmida muborakliklar ochishgandi, mezbonlar esa qo‘shib berilgan vaqtda javob to‘pini kiritishdi. Ikkinchi bo‘limning o‘rtalariga qadar maydon egalari raqiblar darvozasiga yana ikkita to‘p yo‘llab, g‘alabani deyarli naqd qilib qo‘yishdi. Uchrashuvning asosiy vaqtida 3:1 hisobidan qarshiliklar to‘la ishonch bilan yutuqqa erishganini his etishdi va xotirjamlikka berilishdi. Biroq qo‘shib berilgan uch daqiqaning ikkinchisidayoq mehmonlar ikkita to‘p kiritishib,  g‘alabaga teng durangga erishishdi. E’tiborli jihati, ikki daqiqada kiritilgan ikkita to‘pga Ruslan Xojiev mualliflik qildi.

 

U-21. 8-turning qoldirilgan o‘yini.

8 iyul, payshanba

 

NASAF – MASh’AL – 3:3 (1:1)

Qarshi. “Mehnatchi” stadioni.

Hakamlar: To‘rabek Suyunov, Farhod Usmonov, Zufar Eliboev

Nazoratchi: Marat Ismoilov

Komissar: Bekzod Aripov

Gollar: Asadbek Jo‘raqulov, 27-pen. (0:1), Ozodbek Rajabov, 45+3 (1:1), Otajon Niyazmetov, 50 (2:1), Dilshod Berdiev, 60 (3:1), Ruslan Xojiev, 90+1 (3:2), Ruslan Xojiev, 90+2  (3:3)

Ogohlantirishlar:  Jasur Jumaev, 24,  - Ibrohim Mo‘minov, 37, Zoirjon Tursunov, 53, Ruslan Xojiev, 76, Husniddin Mahmudov, 87.  

mib
uzcard
cola
apex
bmb