
16 yoshli qizlar o‘rtasidagi mamlakat Birinchiligining “A” va “D” guruhida 5-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Mazkur turdan so‘ng birinchilikning birinchi davrasiga yakun yasaldi va jamoalar yozgi tanaffusga chiqishdi. Qo‘qonga safar uyushtirgan “Andijon” jamoasi maydon egalarini mag‘lub etib, guruhda peshqadamlik mavqeini mustahkamladi. “Navbahor” o‘z maydonida “Turon”dan, “Sho‘rtan” esa “Mash’al”dan ustun keldi.
Ayollar futboli. U-16.
5-tur. 5 iyul, dushanba
NAVBAHOR – TURON – 6:0 (3:0)
Uychi. “Paxtakor” stadioni. 56 tomoshabin.
Hakamlar: Ibrohim Ismoilov, Bobur Ibrohimov, A’zam Mahmudjonov
Nazoratchi: Shuhrat Bozorov
Komissar: Umid Xolmatov
Gollar: Kamola Hasanboeva (4, 8, 34), Navbahor To‘xtaboeva (18, 53), Ruxshona Ziyomadinova (32)
Ogohlantirish: Navbahor To‘xtaboeva (42) - yo‘q.
QO‘QON-1912 – ANDIJON - 1:5 (0:3)
Yozyovon t. “Yozyovon” stadioni. 28 tomoshabin.
Hakamlar: Doston Mirzaraimov, Maqsad Esonjonov, Mehbariddin Abdusalomov
Nazoratchi: Anvar O‘rinov
Komissar: Ravshan Mirzakarimov
Gollar: Gulnoza Hamidova (40-pen.) – O‘g‘iloy Jumaboeva (8, 51), Farangiz Ubaydullaeva (22-pen., 26), Baxtigul Mingboeva (55)
Amalga oshirilmagan penalti: Gulnoza Hamidova (46)
Ogohlantirish: Yo‘q – yo‘q.
ShO‘RTAN – MASh’AL – 3:1 (2:0)
G‘uzor. BO‘SM maydoni. 45 tomoshabin.
Hakamlar: Xusnora Jumaeva, Daler Bozorov, Laziz Abduraupov
Nazoratchi: O‘ktam Qurbonnazarov
Komissar: Elbek Jo‘raev
Gollar: Shodiyabonu Eshmurodova (15-pen.), Dinora Abdusamadova (30, 45) – Farangiz Eshonqulova (38-pen.)
Amalga oshirilmagan penalti: Mashhura Umarova (60, “Sho‘rtan”).
Ogohlantirish: Yo‘q – Dinora Uzoqova (59).