21 yoshlilar o‘rtasidagi birinchilikda yana ikkita o‘yin o‘tkazildi. AGMK o‘z maydonida “Qo‘qon-1912” jamoasini qabul qildi va birinchi bo‘limning o‘zidayoq raqiblar darvozasini uch bor nishonga oldi. Ikkinchi bo‘limda qo‘qonliklar tomonidan kiritilgan yagona gol uchrashuv taqdiriga ta’sir ko‘rsata olmadi. Namanganga tashrif buyurgan andijonliklar muvaffaqiyatsiz yurishini davom ettirdi. 0:2 hisobidagi mag‘lubiyat “Andijon”ning turnir jadvalidagi autsayderlik vaziyatini yanada og‘irlashtirdi.
U-21. 12-tur.
2 iyul, juma
NAVBAHOR – ANDIJON – 2:0 (1:0)
Namangan. “Markaziy” stadion zaxira maydoni. 92 tomoshabin.
Hakamlar: Boburjon Ibrohimov, Islomjon Nosirov, G‘ayrat Jo‘raev
Nazoratchi: Konstantin Smirnov
Komissar: Bekzod Aripov
Gollar: Xusain Ergashboev, 21 (1:0), Xusain Ergashboev, 42 (2:0)
Ogohlantirishlar: Murodjon Adashboev, 11, Islomjon Abdullaxonov, 47, Asadbek Lutfullaev, 73, Ulug‘bek Aknazarov, 87 – Xojiakbar Mo‘minov, 43, Sardorbek Karimov, 71.
AGMK – QO‘QON-1912 – 3:1 (3:0)
Olmaliq. “Metallurg” stadioni. 96 tomoshabin.
Hakamlar: Davronbek Akmalov, Amir Galeev, Saidaxror Saidaxmatov
Nazoratchi: Baxtiyor Tog‘aev
Komissar: Alisher Fayziev
Gollar: Sunnatillo Abdug‘aniev, 1 (1:0), Ulug‘bek Muhammadjonov, 26 (2:0), Nodirbek Abdurazzoqov, 42 (3:0), Azimjon Mamatqulov, 90 (3:1)
Ogohlantirishlar: Sheroz Jalolov, 45 – Sardorjon Etovqo‘ziev, 60, Barhayotjon Saidahmadjonov, 81.