
Ayollar futboli bo‘yicha O‘zbekiston kubogi o‘yinlari start oldi. Musobaqaning 1/8 finalida Oliy liganing to‘qqizta, 1-liganing esa beshta jamoasi ishtirok etdi. Amaldagi chempion “Bunyodkor” chorak finaldan bahslarga qo‘shiladi. Birinchi liganing, “Dinamo2ni inobatga olmaganda, barcha vakillari yuqori liga jamoalariga yirik hisoblarda imkoniyatlarni boy berishdi. Aytaylik, “Andijon” Oliy liganing o‘rtamiyona “Paxtakor” jamoasi qarshiligiga dosh bera olmadi. Sababi, andijonlik qizlarning barchasi yosh, 14-15-16 yasharni tashkil etadi. Lekin qizlar o‘z tengdoshlari bo‘lmish U-16 Birinchiligida raqiblariga qarshi hali ochko yo‘qotganicha yo‘q, o‘z guruhida etakchilik qilyapti. Xo‘jaobod tumani markazidagi BO‘SMda uch-to‘rt yildan beri futbol bilan shug‘ullanayotgan qizlarning vaqt o‘tgani sari tajribalari ortib borayotgani haqiqat. Yigirmadan ortiq sport turlari bo‘yicha faoliyat yuritayotgan, bir nencha sport turlari bo‘yicha hatto Osiyo va Jahon chempionlarini etishtirgan mazkur sport maktabida futbolga e’tibor katta . Sababi, BO‘SM direktori Shavkat Muhitdinov asli futbolchi, futzal bo‘yicha ikki-uch marotaba Osiyo chempionati sovrindori bo‘lgan. Uning niyati futbolda ham tuzukroq natija ko‘rsatish. Shu maqsadda “Andijon” klubi bilan o‘zaro kelishgan holda 16 yoshlilar hamda Birinchi liga musobaqalarida o‘z shogirdlari bilan qatnashishni, bir-ikki yil tajriba orttirib, keyin sovrinlar uchun kurashishni niyat qilgan. Hozircha esa garchi “Paxtakor”dan to‘qqizta javobsiz gol “egan” bo‘lsada kelajak uchun intilishda davom etyapti...
Ayollar futboli. O‘zbekiston Kubogi.
1/8 final.
30 iyun, chorshanba
QIZILQUM-W – SEVINCh – 2:8 (0:5)
Navoiy. “Yoshlik” stadioni. 27 tomoshabin.
Hakamlar: Sultonmurod Abdurahmonov, Muhammadali Baxtiyorov, Turg‘un Jumaboev
Nazoratchi: Bobir Qodirov
Komissar: Shohruh Said
Gollar: Albina Boboqulova (72, 87) – Laylo Tilovova (4), Gulzoda Amirova (18, 42), Laylo Shodieva (21, 45, 62), Malika Burxonova (22), Sevara Ro‘zieva (50)
“Qizilqum”: Hurmatoy Kamolxo‘jaeva, Baxtishod To‘xtaeva, Maftuna Jo‘raeva, Shaxzoda Jamolova, Oygul Yoqubova, Nilufar Murodova (Albina Boboqulova, 24), Madina Kamoltoeva, Omadoy Mingboeva, Farichehra Abduvohidova, Odina Berdieva (Asel Abatova, 78), Dilafruz Toshpo‘latova (Sitora Pirnazarova, 66)
“Sevinch”: Maftuna Jonimqulova (Sevara Nurullaeva, 46), Laylo Shodieva, Maftuna Shoyimova (Angelina Polyushkevich, 46), Ana Alekperova, Gulzoda Amirova, Shodiya Tosheva, Shahrizoda Zaynitdinova (Sabrina Oktyabreva, 46), Feruza Boboxo‘jaeva (Sevara Ro‘zieva, 46), Malika Burxonova, Nilufar Qudratova, Laylo Tilovova (O‘g‘iloy Saydullaeva, 61)
Ogohlantirish: Yo‘q – yo‘q.
1 iyul, payshanba
ANDIJON-W – PAXTAKOR-W – 0:9 (0:4)
Xo‘jaobod. “Paxtakor” stadioni. 95 tomoshabin.
Hakamlar: Ibrohim Ismoilov, Boburbek Ibrohimov, Azizbek Isaqov
Nazoratchi: Fayzullo Hasanov
Komissar: Oybek Yunusov
Gollar: Umida Xotamova (3), Madina Vohidova (9, 68, 74), Guljamol Normatova (23), Zuhra Baxriddinova (30), Zumrad Nazarova (57), Dinara Tagirova (62), Durdona Baxtiyorova (63)
“Andijon”: Begimoy Ubaydullaeva (Sarvinoz Ergasheva, 31), Dildoraxon Kursanova, Oymona Pozildinova, Oyistaxon Madaminova (Mohlaroy Mirobidova, 46), Ruhshona Ubaydullaeva, O‘g‘iloy Jumaboeva, Komila Xudoyberdieva, Gullola Aqyolova, Farangiz Ubaydullaeva (Odinaxon Mirodiljonova, 75), Robiyaxon Mirzaeva, Muxlisaxon O‘ktamova
“Paxtakor”: Fotima Baxriddinova, Madina Abduraimova, Alisa Zaxarenko, Malika Xalilova, Dinara Tagirova, Madina Vohidova, Umida Xotamova (Marjona Abdusattorova, 54), Durdona Baxtiyorova, Zuhra Baxriddinova, Zumrad Nazarova, Guljamol Normatova
Ogohlantirish: Yo‘q – yo‘q.
SURXON-W – AGMK-W – 0:13 (0:7)
Termiz. “Alpomish” stadioni. 85 tomoshabin.
Hakamlar: Xusnora Jumaeva, Marjona Rahmatqulova, Artem Kalinin
Nazoratchi: Shuhrat Egamberdiev
Komissar: Qudrat Madraimov
Gollar: Dildora Namozova (3-o‘z darv.), Xolida Chorieva (33-o‘z darv.) – Kamila Zaripova (1, 38, 87), Ozoda Xojieva (16-pen.), Feruza Turdiboeva (41, 76), Mardona Almatova (42), Parvina Sodiqova (52, 77), Maftuna Panjieva (61, 90)
“Surxon”: Mo‘tabarxon Shomirova (Fazilat Merganova, 46), Maxliyo Qurbonmurodova (Ruhshona Mahmudova, 89), Dildora Namozova, Sanobarxon Bozorova, Xolida Chorieva, Nilufar Jovlieva, Lobar Karimova, Marjona To‘raeva, Ma’suma Rahmatqulova, Lola Xayitmurodova (Taxmina Abdullaeva, 85), Marjona Xazratova (Nigina Xo‘jaqulova, 83)
AGMK: Ruxsora Usmonova, Darina Fedosenko (Gulchiroy Ibrohimova, 46), Mardona Almatova (Parvina Sodiqova, 46), Kamila Zaripova, Shohida Tojiddinova (Sevinch Qo‘chqorova, 36), O‘g‘iloy Ilasheva, Ozoda Xojieva, Maftuna Panjieva, Aygerim Otenazarova, Feruza Turdiboeva, Orasta Tojiboeva (Leyla Oraniyozova, 46)
Ogohlantirish: Ma’suma Rahmatqulova (15), Sanobarxon Bozorova (26), Nilufar Jovlieva (74) – yo‘q.
TO‘MARIS – METALLURG-W – 2:7 (2:3)
Urganch. “Yoshlik” sport majmuasi. 23 tomoshabin.
Hakamlar: Shuhrat Rajabov, Xabibjon Qodirov, Manzura Mangetbaeva
Nazoratchi: Abdurahmon Quldashev
Komissar: Vladimir Nazarov
Gollar: Asaloy Otanazarova (11, 15) – Aziza Norboeva (19, 31, 45+2, 70), Durdona Alieva (75), Aynur Daulbaeva (86), Sevinch Muradullaeva (90)
“To‘maris”: Charos Po‘latova, Zebo Sultonova (Umida Kenjaeva, 46), Gulzira Yarashboeva (Linara Iskanderova, 46), Go‘zal Ahmedova, Gulmira Tojiboeva, Dilnoza O‘tamova, Barchinoy Eshmurodova, Mohinur Qo‘zieva, Asaloy Otanazarova, Sabohat Erkinova, Dildora Baxtiyorova
“Metallurg”: Gulandon Boymatova (Madina Orziqulova, 77), Muxlisa Mirzayorova, Mohira Jo‘raboeva, Diyora Jo‘raboeva, Madina Yusupova (Sevinch Muradullaeva, 77), Setora Takabaeva, Aynur Daulbaeva, Yulduz Hamdamova (Kamola Erkinova, 65), Aziza Norboeva, Oybarchin Turg‘unova, Nazima Kasimbekova (Durdona Alieva, 46)
Ogohlantirishlar: Charos Po‘latova (35) - Aziza Norboeva (83), Sevinch Muradullaeva (88).
NEFTChI-W – SO‘G‘DIYoNA-W – 0:17 (0:11)
Farg‘ona. “Neftchi” qarorgohi maydoni. 40 tomoshabin.
Hakamlar: Xushnud Suyunboev, Darya Snetkova, Aleksandra Konchikova
Nazoratchi: Islom Rahimov
Komissar: Ravshan Mavlyanov
Gollar: Fuseina Mumuni (12, 15, 17, 24, 27, 45, 60, 77), Diyora Xabibullaeva (32, 35, 40, 56, 58, 87), Alberta Ahialey (42), Nafisa Nabiqulova (43), E’zoza Sharipova (52)
“Neftchi”: Mavluda Xo‘jaeva, Muxlisa Qosimova, Dilshoda Solieva, Tamanno Abdullaeva, Gulira’no Hasanova, Gulsanam Yusupova (Navro‘za Latifjonova, 26), Qizlaroy Ibrohimova, Adiba Omonova, Navbahor Mahmudova, Soliha Ismoilova (Dilnavoz Karimova, 12), Sitora Nishonova
“So‘g‘diyona”: Nozima Hasanova (Kumushoy G‘ulomova, 46), O‘g‘iloy Qo‘chqorova (Rosacharne Periale, 54), Nasiba Xojieva, Nafisa Nabiqulova, Iroda Turdalieva, Fuseina Mumuni, Xolida Dadaboeva, Diyora Xabibullaeva, E’zoza Sharipova, Zarina Mamatkarimova, Alberta Ahialey
Ogohlantirish: Yo‘q – yo‘q.
DINAMO-W – NAVBAHOR-W – 1:3 (1:1)
Samarqand. “Nurafshon” maydoni. 45 tomoshabin.
Hakamlar: Shohruh Qayumov, Farrux Ashirbaev, Erlan Nurjanov
Nazoratchi: Nabijon Ro‘zimov
Komissar: Alisher Fayziev
Gollar: Gulyora Mertinova (27) – Nilufar Dadajonova (33), Muqaddam Abdullaeva (73), Tojiniso Rashidova (88)
“Dinamo”: Intizor Ibrohimova, Zarina Jumaqulova, Violetta Kim (Oyruza Farhodova, 90+2), Sevinch Usmonova (Nilufar Mamasiddiqova, 90), Shahrizoda Xikmatova, Nafosat Jumanqulova, Zarina Xayrullaeva, Aziza Useinova, Gulyora Mertinova, Mohizar Terkasheva ( Sitora Mamatjonova, 34), Dinora Isaqova
“Navbahor”: Shaxnoza Karimova, Madina Xikmatova, Nilufar Dadajonova, Tojiniso Rashidova, Sarvinoz Komiljonova, Sohiba Meliboeva (Gulnora Davronova, 56), Muqaddam Abdullaeva, Chiroygul Dehqonova, Mavluda Munavvarova (Muharram Abdullaeva, 57), Marxabo Jo‘raboeva, Shohida Ergasheva
Ogohlantirishlar: Shahrizoda Xikmatova (85) – yo‘q.
LOKOMOTIV-W – BUXORO-W – 4:0 (0:0)
Toshkent. “Bunyodkor” akademiyasi maydoni. 9 tomoshabin.
Hakamlar: Roziyabonu Yusupova, Doniyor Qodirov, Bunyod Turdiev
Nazoratchi: Erkin Oripov
Komissar: Rustam Zuparov.
Gollar: Jasmina Abdug‘anieva (47), Fazilat Bahromova (63), Dildora Ergasheva (69, 80)
“Lokomotiv”: Kamila Yumangulova, Dinora Xudoynazarova (Maxfuza Jo‘raeva, 85), Zebiniso Xalimova, Gulzoda Saidova, Dildora Ergasheva, Fazilat Bahromova, Jesika Kruchinina, Nodira Iskandarova, Oysara Suyunova, Jasmina Abdug‘anieva (Noila Yo‘ldosheva, 84), Omadxon Sultonova
“Buxoro”: Nargiza Norqoraeva, Sohiba Seyitmirova, Nilufar Umarova, Nigina Haydarova, Dinora Sadaqulova, Nitaya-Roy Kunnosa, Farzona Shonazarova (Shaxzoda Rashidova, 60), Komila To‘xtasinova (Shaxzoda Eshqobilova, 65), Shaxnoza Yusupova, Nargiza Rahimova, Zebiniso G‘anieva
Ogohlantirishlar: Jesika Kruchinina (32), Dildora Ergasheva (73) – yo‘q.
Chetlatish: Jesika Kruchinina (56, ikkinchi sariq) – yo‘q.