
16 yoshli qizlar o‘rtasidagi mamlakat Birinchiligining 4-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Ushbu turda “V”, “S” va “E” guruhi vakillari dam olishdi. Sababi, ularda jamoalar soni uch va to‘rtta bo‘lganligi uchun birinchi davra bahslarini yakunlab bo‘lishgan. “A” va “D” guruhlarida beshtadan jamoa to‘planganligi bois ular yana beshinchi turda ham maydonga tushishadi.
“A” guruhida “Andijon” va “Turon” jamoalari 7 tadan ochko to‘plagan holda yuqori o‘rinlarni egallab turibdi. Bu jamoalarning o‘zaro uchrashuvida darvozalar daxlsizligi saqlanib qolingan. Bundan chiqdi, guruhda kimning karvonboshilik qilishi masalasi ikkinchi davradagi yana aynan shu jamoalar o‘rtasidagi o‘yin hal qilib bersa kerak. “D” guruhida esa yuz foizli natija bilan “Snvinch” jamoasi bormoqda.Ikkinchi o‘ringa esa “Nasaf” va “Sho‘rtan” jamoalari da’vogarlik qilishyapti. “Nasaf” bugun “Mash’al2 maydoniga safar uyushtirdi va kichiki hisobda g‘alaba qozondi.
Ayollar futboli. U-16.
4-tur. 29 iyun, seshanba
ANDIJON – NAVBAHOR – 1:0 (1:0)
Xo‘jaobod t. “BO‘SM maydoni. 78 tomoshabin.
Hakamlar: Alisher To‘xtasinov, Abdulhamid Abduraimov, Oyatullo Hakimov
Nazoratchi: Toir Nizomov
Komissar: Aziz Isamutdinov
Gol: Farangiz Ubaydullaeva (18-pen.)
Ogohlantirishlar: O‘g‘iloy Jumaboeva (47) – Sarvinoz Mamasolieva (5), Muslima Ibrohimova (47).
TURON – NEFTChI – 7:0 (3:0)
Yaypan. “O‘zbekiston” stadioni. 18 tomoshabin.
Hakamlar: Shaxboz Vahobjonov, Muhammadali Nurmatov, Sardor Uzoqov
Nazoratchi: Anvar O‘rinov
Komissar: Ravshan Mirzakarimov
Gollar: Ro‘za Xoshimova (6), Gulxayo Abdullajonova (8), Shaxlo Ismoilova (22), Sarvinoz Xoshimova (36, 52), Sabina Abxalikova (45), Marjona Qosimova (60+2)
Ogohlantirishlar: Gulxayo Abdullajonova (47), Sarvinoz Xoshimova (57) – yo‘q.
MASh’AL – NASAF – 0:1 (0:0)
Muborak. “B.Vafoev” nomidagi stadion zaxira maydoni. 25 tomoshabin.
Hakamlar: Izzat Usmonov, Sanjar Ochilov, Daler Bozorov
Nazoratchi: O‘ktam Qurbonnazarov
Komissar: Elbek Jo‘raev
Gol: O‘g‘iloy Toshtemirova (32)
Ogohlantirish: Yo‘q – yo‘q.