21 yoshlilar o‘rtasidagi Birinchilikning 11-turiga yakun yasaldi. Qo‘qonga safar uyushtirgan “Nasaf” maydon egalarini bitta to‘p farqi bilan ortda qoldirdi. Vaholanki, “Qo‘qon-1912” jamoasi uchrashuvning 78-daqiqasiga qadar uchta to‘p farqi bilan mag‘lubiyatga uchrayotgandi. Qarshiliklar mazkur g‘alabadan keyin turnir jadvalining oltinchi pog‘onasiga ko‘tarildi. Biroq “Nasaf”ning hali “mash’al” bilan qoldirilgan o‘yini ham bor.
U-21. 11-tur.
27 iyun, yakshanba
QO‘QON-1912 – NASAF – 2:3 (0:2)
Qo‘qon. 2-BO‘SM maydoni. 72 tomoshabin.
Hakamlar: Lochinbek Dolimov, Azizbek Isaqov, Shohruh Shokirov
Nazoratchi: Bobur Haydarov
Komissar: Bekzod Aripov
Gollar: Abubakir-Rizo Turdialiev, 30 (0:1), Shaxboz Nuriddinov, 34 (0:2), Shaxboz Nuriddinov, 77-pen. (0:3), Asrorjon Qurbonov, 78 (1:2), Hamidullo Abduhamidov, 90+1 (2:2)
Ogohlantirishlar: Abdulloh Mirkomilov, 36, Anvarjon Xojimirzaev, 64 – Shaxboz Nuriddinov, 22, Jasur Jumaev, 55.