21 yoshlilar Birinchiligining 11-turi doirasida yana ikkita o‘yin o‘tkazildi. Muhimi, har ikkalasida ham qonuni mezbon jamoa mehmon jamoa maydonida to‘p surdi. Sababi, “Andijon” ham, “Surxon” ham stadionlari yoritkichini talab darajasiga keltirib ulgurmaganligi uchun raqibini o‘z maydonida qabul qilish huquqidan vaqtincha mahrum bo‘lishgandi. Lekin natijalar... “Andijon” AGMK maydonida mezbon bo‘lib to‘p surdi va bir ochkoli bo‘ldi. “Surxon” esa “sherlar”ning maydonida haraqat qilishiga qaramay g‘alabani qo‘lga kiritdi. Shu tariqa, AGMK ham, “Paxtakor” ham o‘z uylarida rostdan ham mehmonlardek to‘p surishdi.
U-21. 11-tur.
25 iyun, juma
ANDIJON – AGMK – 1:1 (1:1)
Olmaliq. “Metallurg” stadioni. 285 tomoshabin.
Hakamlar: Ahmadjon Ergashev, Xusniddin O‘rolov, Artem Snetkov
Nazoratchi: Rashid aytekov
Komissar: Ongar Jalimov
Gollar: Mardon Abdullaev, 19 (1:0), Jasurbek Umarov, 22 (1:1)
Ogohlantirishlar: Xojiakbar Mo‘minov, 73, Jamshidbek Shaxobiddinov, 81 – Fazliddin Narimonov, 85.
SURXON – PAXTAKOR – 5:3 (3:3)
Toshkent v. “Qibray” stadioni. 72 tomoshabin.
Hakamlar: Farruh Yansupov, Husniddin Bahodirov, Oybek Kallaxo‘jaev
Nazoratchi: Marat Ismoilov
Komissar: Laziz Qo‘chqorov
Gollar: Javohir Esonqulov, 1 (1:0), O‘rol Choriev, 4 (2:0), Po‘latxo‘ja Xoldorxonov, 11 (2:1), Javohir Esonqulov, 21 (3:1), Po‘latxo‘ja Xoldorxonov, 25-pen. (3:2), Shahriyor Jabborov, 39 (3:3), Muhammad-Ali Abdurahmonov, 52 (4:3), Asilbek Norboev, 71 (5:3)
Ogohlantirishlar: Yo‘q – Botir Irismetov, 61, Nosirjon Abdusalomov, 77, Arslonbek Bahromov, 81.