
16 yoshli qizlar o‘rtasidagi mamlakat birinchiligida bitta o‘yin o‘tkazildi. 4-turdan o‘rin olgan, biroq o‘zaro kelishuvga ko‘ra vaqtliroq tashkil etilgan “Sevinch” va “Sho‘rtan” qizlari o‘rtasidagi bahsda qarshiliklar raqibalarini yirik – 10:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Ikkinchi turda “Sevinch” “Mash’al” darvozasiga javobsiz o‘n bitta gol urganini inobatga olsak, ayni paytda “D” guruhida yakka peshqadamlik qilayotganligi oydinlashadi.
4-tur. 21 iyun, dushanba
SEVINCh – ShO‘RTAN – 10:1 (8:1)
Qarshi. “Geolog” stadioni. 37 tomoshabin.
Hakamlar: Xusnora Jumaeva, Marjona Rahmatqulova, Shaxlo Abilova
Gollar: Dilnigor Xomidova (9), Mehribon Egamberdieva (15, 20, 26, 48), E’tibor Shodieva (23, 30), Sevinch Boylieva (32, 43) – Jasmina Toshkentova (5-o‘z darv.), Gulmira Abdullaeva (11)
Ogohlantirishlar: Gulshoda Abdurashidova (27), Mehribon Egamberdieva (56) – yo‘q.