Birinchi liga. “G‘ijduvon” o‘z uyida yutqazdi

Birinchi liganing 11-tur doirasidagi uchinchi o‘yin o‘tkazildi. Unda “G‘ijduvon” o‘z maydonida Toshkentning “Neftgazmontaj” jamoasini qabul qildi. Kutilmaganda mezbonlar o‘z maydonida mavsumdagi  dastlabki mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Mazkur turdagi “Navbahor-Farm – “Lochin” jamoalari uchrashuvi 23 iyunga belgilangan, “Jomboy va “Chig‘atoy” o‘yini muddati hali ma’lum emas. “Zomin” va “Rubin” jamoalari bahsi esa zominliklar foydasiga texnik g‘alaba bilan hal bo‘lib ulgurgan.

 

Birinchi liga. 11 -tur

20 iyun, yakshanba

 

G‘IJDUVON – NEFTGAZMONTAJ – 1:2 (1:1)

G‘ijduvon. “Navro‘z” stadioni.67 tomoshabin.

Hakamlar: To‘rabek Suyunov, Jasur Tursunboev, Quvondiq Dushanov

Nazoratchi: Nabijon Ro‘zimov

Komissar: Vladimir Nazarov

Gollar: Otabek Pardaboev, 17 (0:1), Dilshod Xushbaqov, 30 (1:1), Sherzod Rixsiboev, 48 (1:2)

Ogohlantirishlar: Farruh Jo‘raev, 45, Dilshod Xushbaqov, 72, Maxsudjon Mahmudov, 80 – Abdujalil Manazarov, 36, Akbar Abdurasulov, 61, Muhammadali Nomozov, 88.

mib
uzcard
cola
apex
bmb