21 yoshlilar o‘rtasidagi mamlakat Birinchiligining 10-turiga yakun yasaldi. So‘nggi kungi uch o‘yinda uch xil natija qayd etildi. “Lokomotiv” o‘rinbosarlari “Qo‘qon-1912”ni qabul qildi va ochko ulashdi. “Nasaf” o‘z maydonida turnir autsayderi “Andijon”ni yirik hisobda engdi. Safarda muvaffaqiyatga erishish “Mash’al”ga nasib etdi. Muborakliklar Namanganda “Navbahor” jamoasini mag‘lubiyatga uchratishning uddasidan chiqishdi. “Mash’al” bu g‘alabasi bilan 12-o‘rindan 11-o‘ringa ko‘tarildi. Lekin musobaqada muborakliklarning ayni paytga qadar eng kam o‘yin o‘tkazganini, oldinda qoldirilgan yana to‘rtta o‘yini borligini inobatga olganda kuchli uchlikka ko‘tarilib olish imkoniyatlari yo‘q emasligi oydinlashadi.
U-21. 10-tur.
19 iyun, shanba
LOKOMOTIV – QO‘QON-1912 – 1:1 (1:1)
Toshkent. TTYMI stadioni. 96 tomoshabin.
Hakamlar: Rustam Choriev, Farruh Yo‘ldoshev, Daniil Yattsenko
Nazoratchi: Marat Ismoilov
Komissar: Shohruh Said
Gollar: Quvonchbek Cho‘lponov, 13 (0:1), Ali Abdurahmonov, 41 (1:1)
Ogohlantirishlar: Rahmonjon Ro‘ziev, 17, Dilshod Nuraliev, 35 (murabbiy), Asilbek Umirzoqov, 53, Tohir Rafaelov, 90+2 – Abduvosidxon Abdurashidov, 40, Ilhomjon Vaxobov, 68, Abdulloh Mirkomilov, 76.
NASAF – ANDIJON – 4:1 (2:1)
Qarshi. “Mehnatchi” stadioni. 83 tomoshabin.
Hakamlar: Ibrohim Ismoilov, Suhrob Sattorov, Daler Bozorov
Nazoratchi: Aleksandr Popov
Komissar: Jamshid Imamov
Gollar: Muhammadrizo Abbosxonov, 3 (0:1), Dilshod Berdiev, 5 (1:1), Muhriddin Zoirov, 16 (2:1), Dilshod Berdiev, 51 (3:1), Shaxboz Nuriddinov, 85.
Ogohlantirishlar: Zafarjon Karimov, 61 – Muhammad Isaev, 15, Sardorbek Karimov, 38, Odilbek Rustambekov, 39, Abdulxay Ismoilov, 75
Chetlatish: Muhammad Isaev, 32 (ikkinchi sariq).
NAVBAHOR – MASh’AL – 1:2 (0:1)
Namangan. “Markaziy” stadion zaxira maydoni. 253 tomoshabin.
Hakamlar: Davron Akmalov, Islom Nosirov, Bobur Ibrohimov
Nazoratchi: Baxtiyor Namozov
Komissar: Jahongir Rahmatullaev
Gollar: Ruslan Xojiev, 8 (0:1), Ruslan Xojiev, 51 (0:2), Asilbek Orifjonov, 65 (1:2)
Ogohlantirishlar: Husain Ergashboev, 6, Asilbek Orifjonov, 47, Jamoliddin Bahromov, 87 – Xushnudbek Bozorov, 74, Asadbek Jo‘raqulov, 83, Murodjon Shamshiddinov, 90+3.