Birinchi liga. “Navbahor-Farm” Toshkentdan uch ochko bilan qaytdi

Birinchi liganing 10-tur doirasida belgilangan uch o‘yin o‘rniga ikkitasi o‘tkazildi. Ma’lum sababalrga ko‘ra “Rubin” jamoasiga texnik mag‘lubiyat yozildi, uning raqibi “Lokomotiv-BFK” esa texnik g‘alaba ishlab oldi. Qolgan ikki o‘yinning birida mezbonlar, ikkinchisida esa mehmonlar zafar quchishdi. O‘z maydonida “Jizzax-Bars”ni qabul qilgan uychiliklar 2:0 hisobida raqiblarini “tor-mor” etishdi, Toshkentda, ayol hakamlar guruhi boshqargan uchrashuvda  esa “Navbahor-Farm”ni qabul qilgan “Neftgazmontaj” mehmonlarga uch ochkoni “in’om” etdi.

 

 Birinchi liga. 10 -tur

12 iyun, shanba

 

NEFTGAZMONTAJ – NAVBAHOR-FARM – 0:1 (0:1)

Toshkent. “Chig‘atoy” stadioni. 43 tomoshabin.

Hakamlar: Edita Mirobidova, Kristina Sereda, Zilola Rahmatova

Nazoratchi: Ravil Shayaxmetov

Komissar: Vladimir Nazarov

Gol: Javohir Husanov, 8 (0:1)

Ogohlantirishlar: Kandi David, 49, Farhod Mahamadjonov, 88 – Azizbek Hakimboev, 70.

 

PAXTAKOR-79 – JIZZAX-BARS – 2:0 (1:0)

Uychi. “Paxtakor” stadioni. 321 tomoshabin.

Hakamlar: Lochin Dolimov, Husniddin O‘rolov, Husan Xudoyberdiev

Nazoratchi: Islom Rahimov

Komissar: Alisher Fayziev

Gollar: Ramzbek Isaqov, 27 (1:0), Shohruhmirzo Ahmadaliev, 75 (2:0)

Ogohlantirishlar: Umarjon Nasriddinov, 84 – Musurmon Xolmirzaev, 22, Islom Meliboev, 65.

 

 

 

mib
uzcard
cola
apex
bmb