
Kecha “Sport” telekanali jonli efirida O‘zbekiston Coca-Cola kubogi 1/8 final bosqichiga qur’a tashlandi.
O‘zbekiston Coca-Cola kubogi. 1/8 final
“Bunyodkor” – “Navbahor”
“Paxtakor” – “Turon”
“Nasaf” – “Metallurg”
“Sho‘rtan” – “Qizilqum”
“Surxon” – “Mash’al”
“Dinamo” – “Olimpik”
“So‘g‘diyona” – “Lokomotiv”
AGMK – “Neftchi”
O‘zbekiston Coca-Cola kubogining final uchrashuviga Samarqand shahri mezbonlik qilishi sizga ma’lum. Uchrashuvlar o‘tadigan sanalar O‘zbekiston milliy termasining keyingi rejalaridan kelib chiqqan holda shakllantirilgan taqvim asosida keyinroq ma’lum qilinadi.