
Urganchda ayollar futboli bo‘yicha Birinchi liganing ikki tur o‘yinlari nihoyasiga etdi. Olti jamoa ikkitadan uchrashuvlarda maydonga tushdi. Ikki tur yakuniga ko‘ra “Neftchi-W” va AGMK-2 -W jamoalari olti ochkodan jamg‘argan holda peshqadamlik qilishyapti. “Surxon-W” va “To‘maris-W” jamoalarida bittadan yutuq bor. “Dinamo-W” va “Andijon-W” jamoalarida hozircha ko‘rsatkichlar 0 ga teng bo‘lib turibdi.
Uchinchi va to‘rtinchi tur o‘yinlari 11-13 iyun kunlari Farg‘ona shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Ayollar. Birinchi liga.
2-tur.
4 iyun, juma
DINAMO-W – TO‘MARIS-W – 1:3 (1:3)
Hakamlar: Jasur Tursunboev, Muhammad Baxtiyorov, Quvondiq Duschanov
Nazoratchi: Ilhom Yoqubov
Gollar: Zarina Xayrullaeva (35) – Barchinoy Eshmurodova (4, 42), Farangiz Allamurodova (27)
Ogohlantirishlar: Zarina Jumaqulova (55), Mavluda Sattorova (68, bosh murabbiy) - Barchinoy Eshmurodova (80).
Chetlatish: Mavluda Sattorova (72-ikkinchi sariq, bosh murabbiy) – yo‘q.
AGMK-2-W – SURXON-W – 3:0 (2:0)
Hakamlar: Dilshod Jumaniyozov, Manzura Mangetbaeva, Bonu Nishonboeva
Nazoratchi: isxak Ibragimov
Gollar: Leyla Oraniyozova (8), Oydinoy Turg‘unova (27), Sharifa G‘apporova (69)
Ogohlantirishlar: madina Abdurasulova (48) – Dildora Namozova (19).
ANDIJON-W – NEFTChI-W – 0:7 (0:2)
Hakamlar: Turg‘unbek jumaboev, Muhammadali baxtiyorov, Nilufar G‘oyibnazarova
Nazoratchi: Ilhom Yoqubov
Gollar: Baxtigul Mingboeva (80-o‘z darv.) - Adiba Omonova (10), Gulira’no Hasanova (42, 74), Muxlisa Qosimova (49), Dilnavoz Karimova (54), Sitora Nishonova (66)
Amalga oshirilmagan penalti: Dildoraxon Xursanova (61, “Andijon-W”)
Ogohlantirish: Dildoraxon Xursanova (89) - yo‘q.