
Urganch shahrining “Xorazm” hamda “Yoshlik” sport majmualarida ayollar futboli bo‘yicha oltita jamoadan iborat Birinchi liga musobaqasipga start berildi. Dastlabki kungi uchrashuvlarda deyarli bir xil natijalar qayd etildi. O‘tgan mavsum oliy ligasida bitta ham ochko ola bilmagan, hatto butun musobaqada raqiblar darvozasiga atigi uchta gol kiritgan “Surxon” jamoasi bu yil ilk o‘yinidayoq raqib darvozasini to‘rt bor nishonga ola bildi.
Ayollar futboli. Birinchi liga.
1-tur.
2 iyun, chorshanba
AGMK-W-2 - DINAMO-W – 3:1 (2:0)
Hakamlar: Jasur Tursunboev, Muhammadali Baxtiyorov, Quvondiq Do‘schanov
Nazoratchi: Ilhom Yoqubov
Gollar: Leyla Oraniyozova (40, 43), Asal Aminjonova (51) – Sabina Zarubina (53).
Amalga oshirilmagan penalti: Sabina Zarubina (16).
Ogohlantirish: Yo‘q – Shahrizoda Xikmatova (80).
SURXON-W – ANDIJON-W – 4:1 (4:0)
Hakamlar: Turg‘un Jumaboev, Manzura Mangetbaeva, Bonu Nishonboeva
Nazoratchi: Isxak Ibragimov
Gollar: Marjona To‘raeva (4, 11, 28), Maftuna Xo‘jamurodova (22) – Komila Xudoyberdieva (65)
Ogohlantirishlar: Yo‘q – Oymomo Pozildinova (61), Baxtigul Mingboeva (67), Robiyaxon Mirzaeva (87).
NEFTChI-W – TO‘MARIS – 4:1 (2:1)
Hakamlar: Dilshod Jumaniyozov, Turg‘unbek Jumaboev, Jasur Tursunboev
Nazoratchi: Isxak Ibragimov
Gollar: Adiba Omonova (34, 44), Gulsanam Yusupova (68), Tamanno Abdullaeva (90) – Barchinoy Eshmuradova (20)
Ogohlantirishlar: Soliha Ismoilova (60), Gulsanam Yusupova (67), Muxlisa Qosimova (69) – yo‘q.