Olmaliq shahrida futzal bo‘yicha O‘zbekiston kubogi o‘yinlari nihoyasiga etdi. Sakkizta jamoa ishtirok etgan bahslarning hal qiluvchi final uchrashuvida “Bunyodkor” va “Lokomotiv” jamoalari o‘zaro to‘qnash kelishdi. Murosasiz o‘tgan bahsda “temiryo‘lchilar” “qaldirg‘ochlar” ustidan 4:2 hisobida g‘alaba qozonishdi va bosh sovrinni qo‘lga kiritishdi.
O‘zbekiston kubogi. Final.
BUNYoDKOR – LOKOMOTIV – 2:4 (1:2)
Hakamlar: Sultonmurod Abdurahmonov, Xushnud Otamurodov, Umid Po‘latov, Nikita Afinogenov
Gollar: Asilbek Isroilov (14), Shomaqsud Shobahromov (26-o‘z darv.), Olimjon Vohidov (35) – Akmal Elmurodov (7), Ravshanbek Asqarjonov (18), Maksim Gulyaev (35)
“Bunyodkor” (asosiy tarkib): Islom Salimov, Shohruh Shokarimov, Asilbek Isroilov, Mirzohid Xaydarxo‘jaev, Olimjon Vohidov, (zaxira o‘yinchilar) Xayrullo Solihov, Xurshid Najimov, Shomaqsud Shobahromov, Shaxriyor Mirzakarimov, Nurillo Sa’dullaev, Alisher Xolmuhammedov
“Lokomotiv” (asosiy tarkib): Klim Tyugaev, Ilhom Karimov, Sevastyan Mojaev, Jamoliddin Normirzaev, Akmal Elmurodov, (zaxira o‘yinchilar) Zabixillo Dolimov, Nurislom Miraliev, Amirjon Sa’dullaev, Jamoliddin Sharipov, Shohruh Sodiqov, Boburbek Ergashev, Maksim Gulyaev, Ravshanbek Asqarjonov, Sarvar Shoahmedov.
Ogohlantirishlar: Olimjon Vohidov (27) – Jamoliddin Normirzaev (12), Ilhom Karimov (17).