Ayollar futboli. Birinchi ligaga qur’a tashlandi

2020-yil koronavirus pandemiyasi tufayli ayollar Birinchi liga musobaqasi o‘tkazilmagan edi. Joriy yil ushbu musobaqa an’anaga ko‘ra o‘tkaziladi.

Mamlakat birinchiligida oltita jamoa ikki davraviy tizimda ishtirok etadi. Bular “Andijon-W” (Andijon), “Neftchi-W” (Farg‘ona), “To‘maris” (Urganch), “Surxon-W” (Termiz), “Dinamo-W” (Samarqand) va AGMK-W II (Olmaliq). Musobaqa 10ta turdan iborat bo‘lib, dastlabki ikki turga 2 va 4-iyun kunlari Urganch shahri mezbonlik qiladi. Keyingilari esa Farg‘ona (11-13-iyun), Samarqand (3-5 avgust), Termiz (24-26-avgust) hamda Andijon (14-16-sentyabr) shaharlarida o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, 1-liga jamoalari ayollar o‘rtasidagi O‘zbekiston Kubogi o‘yinlarida ham ishtirok etadi.

 

Bugun tashlangan qur’a natijalari:

 

 

1-tur

2-iyun, chorshanba

AGMK-W II - “Dinamo-W”

“Surxon-W” – “Andijon-W”

“Neftchi-W” – “To‘maris”

 

2-tur

4-iyun, juma

“Dinamo-W” - “To‘maris”

“Andijon-W” – “Neftchi-W”

AGMK-W II - “Surxon-W”

 

3-tur

11-iyun, juma

“Surxon-W” - “Dinamo-W”

“Neftchi-W” – AGMK-W II

“To‘maris” - “Andijon-W”

 

4-tur

13-iyun, yakshanba

“Dinamo-W” - “Andijon-W”

AGMK-W II - “To‘maris”

“Surxon-W” - “Neftchi-W”

 

5-tur

“Neftchi-W” - “Dinamo-W”

“To‘maris” - “Surxon-W”

“Andijon-W” - AGMK-W II.

 

mib
uzcard
cola
apex
bmb