
Ayollar futboli bo‘yicha O‘zbekiston kubogining 1/8 final bosqichiga 7 iyun kuni qur’a tashlanadi. Mazkur bosqichda Birinchi liganing 5 jamoasi va Oliy liganing 9 klubi ishtirok etadi.
Amaldagi g‘olib "Bunyodkor-W" esa ishtirokini chorak finaldan boshlaydi. 1/8 final uchrashuvlari 1 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.