8-9-may kunlari Birinchi liga ishtirokchi jamoalari 5-tur doirasidan o‘rin olgan bahslarni o‘tkazishdi.
Tur doirasidan o‘rin olgan “Jizzax-Bars” — “Lokomotiv-BFK” o‘yini 9-may kuni bo‘lib o‘tishi kerak edi. Biroq klub O‘zPFL oldidagi majburiyatlarini bajarmaganligi bois, O‘zbekiston Professional futbol ligasi ushbu klubga mazkur masalani yaqin vaqt ichida hal etish uchun ogohlantirish xati yuborgan edi. Biroq “Jizzax-Bars” tomonidan zarur harakatlar amalga oshirilmadi.
Shu sababdan “Jizzax-Bars” – “Lokomotiv-BFK” uchrashuvi o‘tkazilmadi va Jizzax klubiga texnik mag‘lubiyat, “Lokomotiv-BFK”ga esa texnik g‘alaba yoziladi.
“Jizzax-Bars” klubi Birinchi liganing keyingi turigacha o‘z majburiyatlarini bajara olmasa, chempionat qatnashchilari safidan chiqariladi.