Volkswagen brendi Pro liga rasmiy homiysiga aylandi

Ma’lumki, mashhur Volkswagen brendi sport, xususan futbol ommaviyligini oshirishda dunyo miqiyosida qator yirik loyihalarni amalga oshirib keladi. Jumladan, Volkswagen 2021 yilning yoz oylarida bo‘lib o‘tadigan EURO2020 — futbol bo‘yicha Evropa chempionati musobaqalarining rasmiy homiysi sanaladi. Kompaniya shuningdek, Germaniya, Rossiya va boshqa qator mamlakatlarning milliy futbol ligalari bilan yaqindan hamkorlik qiladi. 

Endilikda O‘zbekiston bozoriga ham kirib kelayotgan Volkswagen brendi yurtimizda sport targ‘iboti yo‘lida yirik loyiha boshlamoqda. Jumladan, Volkswagen brendi Pro liga rasmiy homiysiga aylanmoqda.

UzReport Pro liganing media va tijorat huquqlari bo‘yicha ham O‘zbekiston Professional futbol ligasi bilan hamkorlik qilishidan xabaringiz bor. Bugun PFL, Volkswagen hamda Uzreport TV o‘rtasida uch tomonlama shartnoma imzolandi. Endilikda Pro liga tarixda ilk bor o‘z homiysiga ega bo‘ldi. 

Imzolangan uch tomonlama shartnomaga ko‘ra dunyoga mashhur Volkswagen brendi mamlakatimiz futboli rivojiga o‘z hissasini qo‘shadi. Jumladan, Volkswagen Pro ligaga oid barcha translyatsiyalar, tadbir va uchrashuvlar davomidagi tijoriy bannerlar, reklama roliklari hamda media mahsulotlari orasidan joy egallaydi.  

Umid qilamizki, Volkswagen bilan mazkur hamkorlik O‘zbekiston futboli rivoji yo‘lidagi yana bir dadil qadam bo‘la oladi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb