Coca-Cola Superliga 7-turidan o‘rin olgan “Qizilqum” – “Navbahor” uchrashuvi 4-may kuni bo‘lib o‘tadi. “Qizilqum” uy stadionida ta’mirlash ishlari, xususan, maydon chim qoplamasi ustida ish olib borilayotgani tufayli uchrashuv Muborakning Bahrom Vafoev nomidagi stadionga ko‘chirildi.