“Paxtakor” va AGMK jamoalarining OChLdagi ishtiroki munosabati bilan ularsiz belgilangan Yoshlar jamoalari o‘rtasida 6-tur o‘yinlari nihoyasiga etdi. Bugunga rejalashti rilgan ikki uchrashuvning ikkalasida ham durang natija qayd etildi. Namanganda “Navbahor” “Turon”ni qabul qildi va birinchi bo‘limda har ikkala jamoa tomonidan kiritilgan bittadan gol o‘yin taqdirini hal etdi.
Toshkent “derbisi” o‘ziga xos qiziqarli o‘tdi. “Temiryo‘lchilar” raqib darvozasiga kiritgan ikkala golni ham penaltidan bajarishdi. Bosh hakam o‘yinga qo‘shib bergan paytda maydon egalari hisobda oldinda borishayotgandi, biroq uchrashuv tugashiga sanoqli soniyalar qolganida mezbonlar o‘yinchisi Javohir Jo‘raev kutilmaganda o‘z darvozasini nishonga olib, raqib jamoaga ochko taqdim etishda “faol bo‘ldi”.
U-21.6-tur.
15 aprel, payshanba
Namangan. “Markaziy” stadion zaxira maydoni.
Hakamlar: Xusan Muzaffarov, Islomjon Nosirov, Boburbek Ibrohimov
Nazoratchi:Valentin Kovalenko
Komissar: Bekzod Aripov
Gollar: Xusain Ergashboev, 17 (1:0), Xojiakbar Nurmatov, 27 (1:1)
Ogohlantirishlar: Asilbek Orifjonov, 31, Sherzod G‘ulomjonov, 40, Dostonbek Abdulxaev, 54, Mirzoxid Mirzamahmudov, 63, Sodiqjon Ortiqov, 75 – Dostonbek Meliqo‘ziev, 44, Sardorbek Xursandov, 59.
LOKOMOTIV – BUNYoDKOR – 2:2 (1:0)
Toshkent. TTYMI stadioni. 169 tomoshabin.
Hakamlar: Doston Mirzaraimov, Kristina Sereda, Aleksandra Konchikova
Nazoratchi: Aleksandr Popov
Komissar: Zoxirjon Akramxonov
Gollar: Bobirjon Asqarov, 36-pen. (1:0), Ibrohim Ibrohimov, 59 (1:1), Ali Abdurahmonov, 71-pen. (2:1), Javohir Jo‘raev, 90+4-o‘z darv. (2:2)
Ogohlantirishlar: Azamat Abduxalilov, 34, Mexrojbek Abdusametov, 65 – Sergey Proxorov, 19, Mo‘minmirzo Qodirov, 36, Abdulaziz Abdusalomov, 43.
Chetlatish: Otabek Turobov, 80 (“Lokomotiv”).