
O‘zbekiston Kubogining uchinchi saralash o‘yinlaridan joy olgan “Chig‘atoy” va “G‘ijduvon” jamoalari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. O‘yinda g‘ijduvonliklar 3:1 hisobida zafar quchishdi va O‘zbekiston kubogining “V” guruhida chempionatni tark etgan “Istiqlol” jamoasi o‘rnini band etdi.
O‘zbekiston Coca-Cola kubogi.
Uchinchi saralash bosqichi
15 aprel, payshanba
ChIG‘ATOY – G‘IJDUVON – 1:3 (1:1)
Toshkent. RFShMOOM maydoni.
Hakamlar: Ravshan Abduvohidov, Islom Azimov, Sherzod A’zamov
Nazoratchi: Valentin Shashkov
Komissar: Ravshan Mavlyanov
Gollar: Dilshod Xushbaqov, 34 (0:1), Jamshid Allanazarov, 38 (1:1), Jafar Ismoilov, 50 (1:2), Dilshod Xushbaqov, 66 (1:3)
“Chig‘atoy”: Dilshod Muratov, Samandar Sodiqov (Xislat Xalilov, 58), Mustafo Abdumannopov, Saydulla Xayrullaev (Ahmad Anvarov, 67), Abdulloh Xikmatov, Ravshan Xursanov, Jamshid Allanazarov, Jahongir Isroilov, Quddusbek A’zamov, Mustafo Chabanov, Suxrob Jumaboev
“G‘ijduvon”: Javohir Komilov, Ramis Begishev, Farruh Jo‘raev (Shavkat Raxmatov, 46), Dostonbek Bahromov, Durbek Kamolov (Islom Ismoilov, 46), Dilshod Xushbaqov, Asiljon Mansurov, Sunnat Rustamov, Jafar Ismoilov, Jamshid Ahmedov (Doston Ibrohimov, 70), Maxsudjon Mahmudov
Ogohlantirishlar: Yo‘q – Farruh Jo‘raev, 33, Asiljon Mansurov, 49.