
Bugun Olmaliq shahridagi OKMK sport majmuasida ayollar futboli bo‘yicha O‘zbekiston Superkubogi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda amaldagi chempion “Bunyodkor-W” o‘tgan mavsum kumush medallarga ega chiqqan “Sevinch” klubiga qarshi bahs olib bordi.
Murosasiz va keskin kurashlar ostida o‘tgan bellashuvning asosiy va qo‘shimcha bo‘limlarida kuchlar teng keldi – 1:1. Natijada, g‘olibni aniqlash uchun penaltilar seriyasiga murojaat etildi va “futbol lotereyasi”da toshkentliklar 4:3 hisobida g‘alaba qozonib, qatorasiga uchinchi marta Superkubokni o‘ziniki qilishdi.
O‘zbekiston Superkubogi
13 aprel, seshanba
BUNYoDKOR-W – SEVINCh 1:1 (0:1, 1:1, 0:0) penaltilar seriyasi 4:3
Olmaliq. OKMK sport majmuasi. 120 tomoshabin
Hakamlar: Edita Mirabidova, Kristina Sereda, Aleksandra Konchikova, Roziyabonu Yusupova
Nazoratchi: Marat Ismoilov
Komissar: Nigora Abidova
Gollar: Malika Burxonova, 39 (0:1), Lyudmila Karachik, 56 (1:1)
“Bunyodkor- W”: Olga Qahhorova, Yulduz Nabieva, Luiza Sadirova, Dilrabo Asadova, Kamola Risqieva, Umida Zoirova, Saida Galimova, So‘g‘diyona Allamurodova (Dildora Nozimova, 46), Lyudmila Karachik, Gulchehra Eshmamatova ( Nozima Ergasheva, 70), Marina Kosnikova
“Sevinch”: Maftuna Jonimqulova, Laylo Shodieva, Maftuna Shoyimova, Ana Alekperova, Shoira Qulto‘raeva (Shaxrizoda Zaynitdinova, 89), Shodiya Tosheva, Angelina Polyugkevich, Feruza Boboxo‘jaeva, Malika Burxonova, Nilufar Qudratova, Laylo Tilovova
Ogohlantirishlar: Lyudmila Karachik, 38, Sogdiana Allamuradova, 45+2, Kamola Riskieva, 87 – Laylo Shodieva, 78, Maftuna Shoimova, 87, Shahrizoda Zaynitdinova, 98.
Ayollar futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superkubogi g‘oliblari
2015 – “Sevinch”
2016 – “Metallurg-W”
2017 – “Sevinch”
2018 – “Metallurg-W”
2019 – “Bunyodkor-W”
2020 – “Bunyodkor-W”
2021 – “Bunyodkor-W”