Futzal bo‘yicha Farg‘onadagi “Futbol markazi” sport majmuasida davom etayotgan mamlakat chempionatining ikkinchi kungi o‘yinlari yakuniga etdi. “Metallurg” “Buxoro” o‘rtasidagi yirik natijani (8:1) inobatga olmaganda qolgan ikkita bahs muxlisu-mutaxassislar e’tiborini tortdi. Chempionlikka asosiy da’vogar “Paxtakor” jamoasi sal bo‘lmasa zarafshonliklarga ochko yo‘qotishi mumkin edi. Biroq yakunda raqiblarning o‘zlari o‘z darvozasini ishg‘ol etishlari oqibatida g‘alaba qozonishning uddasidan chiqishdi.
Chempionatning uchinchi pog‘onasini deyarli o‘ziniki qilib bo‘lgan “Huaxin-Jizzax” chinakam qahramonlik ko‘rsatishdi. Aks holda 0:4 hisobida ortda qola turib, hisobni tenglashtirish hammaga ham nasib etavermaydi.
Uch o‘yinda uch xil natija qayd etildi, bitroq bularning birortasi ham turnir jadvalidagi o‘rinlarga ta’sir ko‘rsatmadi.
15-tur.
Ikkinchi kun. 9 aprel
STROITELЬ-ZARAFShON – PAXTAKOR – 3:4 (1:2)
Hakamlar: Furqat Azizov, Xushnud Atamurodov, Jamoliddin Najmiddinov, Sanjar Rahmonov
Gollar: Muhammadbobur Rahmonberdiev, (10, 24), A’zam Matvaliev (27-o‘z darv.), Shuhrat Ishchanov (33) – Sunnatilla Jo‘raev (5, 28), Avazbek Abduvaliev (15)
Ogohlantirishlar: Sobir Mirzaahmedov (10) – yo‘q.
HUAXIN-JIZZAX – LOKOMOTIV – 4:4 (0:1)
Hakamlar: Jamoliddin Qosimov, Jamoliddin Najmiddinov, Sanjar Rahmonov, Shavkat Muhiddinov
Gollar: Dilmurod Jumaev (30, 38), Soxib Narzullaev (33), Dilshod Raxmatov (36) – Mirislom Miraliev (5, 21), Amirjon Sadullaev (25), Sevastyan Mojaev (27)
Ogohlantirishlar: Doniyorbek Toxirov (11), Shaxzodjon Sa’diev (22) – Ilhom Karimov (29), Maksim Gulyaev (37).
METALLURG – BUXORO – 8:1 (5:0)
Hakamlar: Shavkat muhiddinov, Murodxon Azamjonov, Sanjar Rahmonov, Maxmud Rustamov
Gollar: Said Rizo Miro‘arofov (5, 24), Ravshan Ismatullaev (8), Sanjar Ziyoxonov (12, 17), Xushnur Erkinov (22), Islombek Biyto‘raev (26) – Bexruz Samiev (20-o‘z darv.), Mirjalol Ashurov (40)
Ogohlantirish: Yo‘q – yo‘q.