U-21: “Surxon” g‘alaba qozondi va turnir peshqadamiga aylandi

Superliga klublari yoshlarining birinchiligida bugun yana ikkita o‘yin o‘tkazildi. Raqib jamoa darvozasiga kiritilgan uchta golning ikkitasini penaltidan yo‘llagan “Surxon” jamoasi o‘z darvozasidan bitta gol kiritib yuborgan holda “Lokomotiv” jamoasini mag‘lubiyatga uchratdi. Mazkur yutuq termizliklarni ma’lum muddatga turnir karvonboshisiga aylantirdi. Ikkinchi o‘rinda borayotgan AGMK jamoasining o‘yini boshqa muddatga qoldirilganligi termizliklarga vaqtincha “qo‘l keldi”.

Ikkinchi o‘yinda esa durang natijda qayd etildi. “Mash’al” va “Qo‘qon-1912” jamoalarining Muborakda kechgan o‘yinida tomonlar uch marotabadan gol urishdi.   

U-21. 5-tur

8 aprel, payshanba

SURXON – LOKOMOTIV – 3:1 (1:0)

Qiziriq tumani. BO‘SM stadioni. 178 tomoshabin.

Hakamlar: Viktor Grigorev, Jahongir Noraliev, Erkin Mamatmo‘minov

Nazoratchi: Arslon Xotamov

Komissar: Ongar Jalimov

Gollar: Sharafiddin Shobirov, 21-pen. (1:0), Jahongir Axmadov, 54-pen. (2:0), Oybek Gazarov, 84 (3:0), Ali Abdurahmonov, 83 (3:1)

Ogolantirishlar: Ibrohim Yo‘ldoshev, 66 – Aslbek Umirzoqov, 31.


MASh’AL – QO‘QON-1912 – 3:3 (1:1)

Muborak. Baxrom Vafoev nomli stadion. 80 tomoshabin.

Hakamlar: Shohruh Qayumov, Artyom Kalinin, Izzat Usmonov

Nazoratchi: Ravil Shayaxmetov

Komissar: Sherzod Rajabov

Gollar: Jahongir Abdusalomov, 29 (1:0), Sardorbek Azimov, 36 (1:1), Asadbek Jo‘rakulov, 51 (2:1), Murodjon Shamsiddinov, 79 (3:1), Abdullajon Yunusov, 81 (3:2), Abdullox Mirkomilov, 90+3 (3:3)

Noanik penalti: Sardorbek Azimov, 36 (“Qo‘qon-1912”)

Ogohlantirishlar: Saidaxror Sotivoldiev, 17, Asadbek Jo‘raqulov, 36, Feruz Muinov, 54, Ruslan Xojiev, 59 – Sardorbek Azimov, 53.

mib
uzcard
cola
apex
bmb