U-21 birinchiligining 5-tur o‘yinlari davom ettirildi. Bekobodda “Andijon” jamoasiga mezbonlik qilgan “Metallurg” yoshlari 2:0 hisobida g‘alaba qozonishdi. Bunda o‘z darvozasini “nishonga olgan” Ahmadullo Muqimjonov qaysidir ma’noda bekobodliklarga “ko‘maklashib” yubordi.
“Bunyodkor” futbol akademiyasi maydonida kechgan mezbonlarning “So‘g‘diyona” jamoasiga qarshi o‘yinida kuchlar teng keldi. E’tiborli jihati, yosh “qaldirg‘ochlar” ikkita to‘p farqi bilan ortda borib, yakunda hisobni tenglashtirishga erishishdi.
U-21 Birinchiligi. 5-tur
7 aprel, chorshanba
METALLURG – ANDIJON – 2:0 (0:0)
Bekobod. “Metallurg” stadioni. 102 tomoshabin.
Hakamlar: Doston Mirzaraimov, Azamatjon Bobomurodov, Bexzod Xoo‘imov
Nazoratchi: Bobur Haydarov
Komissar: Aleksandr Davidenko
Gollar: Jasurjon Rahimov, 47 (1:0), Ahmadullo Muqimjonov, 83-o‘z darv. ((2:0)
Ogohlantirishlar: Shaxzodjon Ne’matjonov, 39 – Mardon Abdullaev, 22, Sherzod Sharipov, 71 (bosh murabbiy)
Chetlatish: Abdulaziz Mahammadjonov, 82 qizil kartochka (“Andijon”).
BUNYoDKOR – SO‘G‘DIYoNA – 2:2 (0:2)
Toshkent. “Bunyodkor” akademiyasi maydoni. 80 tomoshabin.
Hakamlar: Alisher To‘xtasinov, Saidaxror Saidaxmatov, Aleksandra Konchekova
Nazoratchi: Igor Nexochin
Komissar: Sardor Qudratullaev
Gollar: Saxob Rashidov, 33 (0:1), Jahongir Safarov, 43 (0:2), Muzaffar Olimjonov, 64-pen. (1:2), Muhammadqodir Ahmadov, 83 (2:2)
Ogohlantirishlar: Xurshidbek Ubaydullaev, 56, Bek Abdullaev, 60, Ibrohim Ibrohimov, 85, Umidbek Sultonov (o‘yindan keyin) – Jamshid Akmalov, 87.