Namangandagi “Markaziy°stadionning zaxira maydonida start olgan U-21 birinchiligining 5-tur doirasidagi “Navbahor” va “Paxtakor” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda durang natija qayd etildi. E’tiborli jihati, toshkentliklar ikkita to‘p farqi bilan oldinda borgan o‘yinda mezbonlar so‘nggi daqiqalarda ikkita gol urishib, hisobni tenglashtirishga erishishdi.
U-21 Birinchiligi. 5-tur
6 aprel, seshanba
NAVBAHOR – PAXTAKOR – 2:2 (0:0)
Namangan. “Markaziy” stadion zaxira maydoni. 2152 tomoshabin.
Hakamlar: Farruh Yansupov, Islom Nosirov, Isroiljon Imomnazarov
Nazoratchi: Marat Ismoilov
Komissar: Said Shohruh
Gollar: Po‘latxo‘ja Xoldorxonov, 52 (0:1), Abbos Ergashboev, 70 (0:2), Asadbek Lutfullaev, 90 (1:2), Xusain Ergashboev, 90+5 (2:2)
Ogohlantirishlar: Yo‘q – Marlen Chobanov, 90, Abbos Ergashboev, 90+2, Izzatillo Po‘latov, 90+6.